Muhokamaga qöyilgan Konstitutsiya loyihasiga köra, 13-modda kengaytirilib, unga quyidagi qoidalar qöşilişi kutilyapti:
- Insonga nisbatan huquqiy ta’sir çorasi davlat organi tomonidan közlanadigan qonuniy maqsadga erişiş uçun yetarli bölişi hamda manfaatdor şaxslarga imkon qadar qiyinçilik tuğdirmasligi kerak.
- Insonning davlat organlari bilan özaro munosabatlarida qonunçilikda yuzaga keladigan, bartaraf etib bölmaydigan barça qarama-qarşiliklar va noaniqliklar inson foydasiga talqin qilinadi.
Konstitutsiyaviy komissiyaning bildirişiça, 2020 yil 22 iyundagi 6012-sonli prezident farmoni bilan tasdiqlangan Inson huquqlari milliy strategiyasida belgilangan «Inson manfaatlari hamma narsadan ustun» degan tamoyil uşbu normaning şakllanişiga bevosita ta’sir körsatgan.
Şu bilan birga, prezident Şavkat Mirziyoyevning 2022 yil 20 iyundagi Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uçraşuvida Yangi Özbekiston uçun inson qadri va xalq manfaati hamma narsadan ustunligi tamoyilini yangilanayotgan Konstitutsiyada aniq ifoda etiş zarurligi taklif etildi.
Huquqiy davlatda barça munosabatlar aniq qoidalar bilan tartibga solingan bölişi kerak. Heç bir munosabat huquqiy yeçimsiz qolmasligi şart. Ammo ijtimoiy munosabatlar juda keng. Hayotda şunday vaziyatlar yoki holatlar vujudga kelişi mumkinki, davlat va inson örtasidagi ayrim munosabatlarning yeçimi qonunçilikda körsatilmagan yoki noaniqliklarga sabab bölişi aniq. Mana şunday holatlarda muammo kimning foydasiga va qanday tartibda hal etilişi muhim ahamiyat kasb etadi.
Uşbu tamoyil odatda jinoyat protsessi iştirokçilarining huquqlarini, tadbirkorlik sub’yektlari huquqlarini himoya qiliş doirasida keng qöllanilib kelinmoqda. Endilikda uşbu tamoyilning Konstitutsiyada mustahkamlanişi uning qöllaniliş doirasini kengaytiradi va inson iştirok etişi mumkin bölgan har qanday ijtimoiy-huquqiy munosabatlarga talqin etiş imkonini beradi.
Davlat va inson örtasidagi özaro munosabatlardagi kelib çiqadigan noaniqliklar, tabiiyki, turli tuşunmovçilik va şikoyatlarning oşişiga olib keladi. Fuqarolarning sarson sargardon bölib yurişiga sabab böladi.
Masalan,

















