Özbekistonda sud hokimiyati qonun çiqaruvçi va ijro etuvçi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boşqa jamoat birlaşmalaridan mustaqil holda iş yuritadi. Respublikada sud hokimiyati faqat sudlar tomonidan amalga oşiriladi. Heç qaysi boşqa organlar va şaxslar sud hokimiyati vakolatlarini özlaştirib olişga haqli emas.

Şuningdek, sudyalar mustaqildir, faqat qonunga böysunadi. Sudyalarning odil sudlovni amalga oşiriş borasidagi faoliyatiga biror tarzda aralaşişga yöl qöyilmaydi va bunday aralaşuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab böladi. Sudyalarga odil sudlovni amalga oşiriş bilan boğliq bölmagan har qanday vazifalar yuklatilişiga yöl qöyilmaydi.

«Sudyalar töğrisida»gi qonunda öz aksini topgan uşbu normalarning huquqiy asosi Özbekiston konstitutsiyasining 112-moddasi hisoblanadi. Taklif etilayotgan özgarişga köra, 112-moddaning joriy talqinidagi «Sudyalar mustaqildirlar, faqat qonunga böysunadilar. Sudyalarning odil sudlovni amalga oşiriş borasidagi faoliyatiga biror-bi r tarzda aralaşişga yöl qöyilmaydi va bunday aralaşiş qonunga muvofiq javobgarlikka sabab böladi» degan jumladan «odil sudlovni amalga oşiriş borasidagi» degan sözlar çiqarib taşlanadi.

Şu moddadagi «Sudya vakolat muddati tugagunga qadar sudyalik vazifasidan qonunda körsatilgan asoslar bölgandagina ozod etilişi mumkin» degan jumla quyidagi jumlaga almaştiriladi:

«Sudyalarni almaştirib bölmaydi. Ularning vakolatlari faqat qonunda belgilangan tartibda va asoslarga köra tugatilişi yoki töxtatilişi mumkin».

Xöş, bu özgariş amaldagi moddadan qaysi jihatlariga köra farqlanadi? Eng muhimi, u fuqarolarga nima beradi?

Qayd etiş kerakki, «2022–2026-yillarga möljallangan Yangi Özbekistonning taraqqiyot strategiyasi töğrisida» prezident farmonida fuqaroning va tadbirkorlik sub’yektlarining odil sudlovga erişiş darajasini oşiriş «Sud hokimiyatining çinakam mustaqilligini ta’minlaşda sudyalar hamjamiyati organlarining rolini yanada oşiriş, sudyalarning özini özi boşqariş tamoyilini keng joriy etiş hamda sudyalarga ğayriqonuniy tarzda ta’sir ötkazişning oldini oliş böyiça ta’sirçan mexanizmlarni yaratiş