"Yettilik guruhi" (G7) yetakçilari Rossiyaning Belarusga yadroviy zaryad taşuvçi raketalarni berişi haqidagi bayonoti yuzasidan "jiddiy taşviş" bildirdi. 

"Yettilik" davlat va hukumat rahbarlari Rossiyaning Ukrainaga nisbatan harakatlarini yana bir bor qoraladi. 

Siyosatçilar Moskvani uruşga barham beriş, barça harbiy harakatlarni zudlik bilan töxtatiş hamda Ukraina hududidagi qöşinlari va harbiy texnikalarini olib çiqib ketişga çaqirdi. 

Şuningdek, "Yettilik guruhi" Rossiyaning yadroviy qurol borasidagi iddaolari özini oqlamasligini bildirdi va har qanday kimyoviy, biologik va yadroviy quroldan foydalaniş jiddiy oqibatlarga olib kelişidan ogohlantirdi. 

"Biz Rossiyaning Belarusga yadroviy salohiyatga ega raketalarni berişi mumkinligi töğrisidagi bayonotidan söng jiddiy taşviş bildiramiz", - deyiladi G7 rahbarlari bayonotida. 

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburgda belaruslik hamkasbi Aleksandr Lukaşenko bilan uçraşuvi davomida Rossiya yaqin oylar içida Belarusga "Iskander-M" majmualari yetkazib berişini ma’lum qilgandi. 

"Iskander-M" taktik-raketa majmualari ballistik va qanotli raketalarni taşiy oladi – ular oddiy yoki yadroviy raketalar bölişi mumkin.