Bu narkotiklar Özbekiston çegarasidan olib kirilayotgan yoki mamlakat içida noqonuniy ravişda sotilayotgan vaqtda musodara qilingan.
Şuningdek, mazkur jarayonda kiçik laboratoriyalarda yaratilgan turli xil sintetik moddalar ham aniqlanib, yoqib yuboriş uçun olib kelingan.
Mas’ullar bergan ma’lumotga köra, giyohvandlik vositalarining 133 kg 713,5 grammi geroin, 159 kg 478 grammi opiy, 1 tonnadan ortiği gaşiş, 300 kg 786 grammi marixuana, 79 kg 842,5 grammi köknor, 247 kg 150,4 grammi kannabis hamda turli xildagi psixotrop, psixofaol moddalar hisoblanadi.
Mazkur narkotik moddalarini yöq qilişda xorijlik ekspertlar ham kuzatuvçi sifatida iştirok etdi.
Jarayonda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qiliş milliy markazi mutasaddilari ham bevosita qatnaşib, Özbekistondagi narkovaziyat haqida ma’lumot berişdi.
Şerzod Arapov, Narkotik moddalarni nazorat qiliş milliy markazi xalqaro bölim boşliği:
— Özbekiston şimoliy yölakça böylab tranzit mamlakat hisoblanadi. Qöşni Afğonistonda yetiştirilgan afğon opioidlarining ötişida ham tranzit bölib qolyapti. Ötgan yili (2021 yil) BMTning Narkotik va jinoyatçilik böyiça boşqarmasi bergan ma’lumotlariga köra, Afğonistonning 177 ming gektar maydonida jami 6 800 tonna köknori yetiştirilgan. Bugungi kunda dunyo miqyosida mana şu opioidlarning 90 foizi afğon opioidlari hisoblanadi. Biz ham bevosita çegaradoş ekanligimiz, albatta, işimizni ança murakkablaştiradi.
Qolaversa, qöşni Tojikiston, Qirğiziston hududlaridan giyohvandlik moddalarining kirib keliş holatlari, kontrabanda yöli bilan olib kirişga uriniş holatlarini köryapmiz.
Oldingi yillarda biz kuzatmagan yangi holatlardan biri bu – Özbekistonda ham yangi narkolaboratoriyalarning foş qilingani böldi. Ötgan yilning özida mana şunday 4-5 ta narkolaboratoriyalarni huquq-tartibor idoralarining foş qilganiga guvoh böldik”.

Giyohvandlik vositalarini yondirişdan oldin, mutasaddilar haqiqatan narkotik moddalari yondirilayotganini körsatiş maqsadida bir qança eksperimentlarni ötkazişdi.
Mahliyo Valiqulova, DXX xodimi:
















