Qozoğiston Milliy xavfsizlik qömitasi Özbekiston tomonining axborotiga binoan Özbekiston bilan çegaradagi “Dovud ota” – “Tajyen” ötkaziş punkti vaqtinça yopilganini ma’lum qildi.

“2022 yil 1 iyul kuni özbek hamkorlarimizdan olingan ma’lumotga binoan, axborot tizimi işdan çiqqani munosabati bilan Özbekiston va Qozoğiston örtasida “Dovud ota” – “Tajyen” (avtomobil) ötkaziş punkti orqali fuqarolar, transport vositalari va yuklar ötişi vaqtinça töxtatildi”, – deyiladi xabarda.

“Dovud ota” posti Qoraqalpoğistonning Qönğirot tumanida, “Tajyen” posti esa Qozoğistonning Manğistou viloyati Beyneu tumanida joylaşgan.

Qöşimça qilinişiça, yuqoridagi sabab tufayli Qoraqalpoğiston – Beyneu yönalişida temiryöl qatnovini ham töxtatiş rejalaştirilmoqda.

Qozoğiston MXQ ötkaziş punkti oçilganida bu haqda ma’lumot berilişini qayd etgan. Mazkur ötkaziş punkti orqali davlat çegarasini kesib ötmoqçi bölgan fuqarolarga öz marşrutlarini avvalroq rejalaştiriş tavsiya etilgan.