Içki işlar vazirligi Qoraqalpoğiston Respublikasi Nukus şahridagi fuqarolarning noqonuniy namoyişlari yuzasidan ma’lumot berdi.
«Joriy yilning 1 iyul kuni soat taxminan 15.00 lardan boşlab Qoraqalpoğiston Respublikasi Nukus şahrida ayrim fuqarolar, respublikamizda amalga oşirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarni notöğri talqin qilişlari oqibatida, kutilmaganda köça yurişlarini taşkil qilib, Nukusning Markaziy dehqon bozorida töplanib, namoyişlar uyuştirişgan.
Mazkur holat yuzasidan, jamoat tartibi buzilişining oldini oliş hamda fuqarolar tomonidan turli tartibbuzarliklarni sodir etişlariga yöl qöymaslik maqsadida, dehqon bozori hududiga huquqni muhofaza qiliş organlarining kuç va vositalari jalb etilgan.
Hozirda jamoat tartibi tiklanib, fuqarolarning qonunbuzarlik holatlariga yöl qöymasliklari va barça murojaatlari örnatilgan tartibda körib çiqilişi böyiça tuşuntiriş işlari olib borilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

















