Uning sözlariga köra, 2 iyul kuni Nukusga yetib borgan prezident Şavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaga xalqning noroziligiga sabab bölayotgan özgartişlar kiritiş taklifini bekor qilib, bu qaror barça qoraqalpoq xalqiga yetkazilişini söragan.
“Birgalikda qoraqalpoq xalqiga tuşuntiriş işlarini olib boryapmiz. Sizlar orqali ham men xalqimizga murojaat qilmoqçiman. Birdan bir maqsadimiz – fuqarolarga, odamlarga zarar yetmasligi kerak. Buni bosiqlik bilan hal qilişimiz kerak, köçalardagi namoyişlar bilan emas. Prezident bir söz bilan bunday bölmasligini ta’kidlagaç, hammaning könglida işonç uyğondi.
Men qoraqalpoq xalqidan biror nojöya holatlar yuz bermasligi uçun öz uylariga qaytişlarini sörayman. Prezidentning sözlaridan xulosa çiqarişga va tinçlikni saqlaşga çaqirib qolaman”, dedi Abatbay Daniyarov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.

















