– Nega aynan hozir konstitutsiyaga yangi “qon” kiritiş, uni isloh qilişga ehtiyoj tuğildi. Nima deb öylaysiz?

– Şöro davrida ham konstitutsiyamiz bor edi, lekin mustaqillikka erişganimizdan söng yangi konstitutsiyani işlab çiqişga majbur bölganmiz. Sababi SSSRdan ajralganimizdan söng bir kun içida hamma qonunlarimiz yöqqa çiqdi. Milliy qonunçiligimizni qabul qilişimiz uçun esa asosiy qonun kerak bölardi.

Dunyoda konstitutsiyaning modeli yöq. Mamlakat asosiy qonuni mana şunaqa bölişi kerak degan tuşunça yöq. Şuning uçun Özbekiston konstitutsiyasini işlab çiqişda ança qiynalganmiz. Olimlar, mutaxassislar, parlamentimiz vakillari ança qiyinçiliklarga duç kelişgan. Şunga qaramay bu vazifa bajarildi, ya’ni konstitutsiya yozildi, uni qabul qilganimizga ham 30 yil böldi. Bu davrda amaldagi asosiy qonunimiz öz vazifasini bajarib berdi, deb hisoblayman.

Mustaqillikdan keyingi 30 yil içida Özbekiston bir joyda turgani yöq. Iqtisodiyotimizda özgarişlar böldi, odamlarimiz özgaryapti, siyosatimiz boşqa bölyapti. Konstitutsiyaviy komissiya a’zosi sifatida şuni aytmoqçimanki, asosiy qonunimizga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş böyiça 60 mingdan ziyod taklif kelib tuşdi. Ularning orasida har xil takliflar bor. Ayrimlar tuşunmasdan özining şaxsiy masalasi böyiça murojaat qilgan holatlar ham bor.

Şunaqa takliflar ham keldiki, oddiy fuqarolarimizdan mana şunday takliflar çiqqanini körib özimiz ham hayron qoldik. Umuman olganda xalqimiz bu safar juda faol bölganini alohida ta’kidlab ötişim kerak. Bundan juda xursand böldim. Bu – aholimizning huquqiy ongi va madaniyati ança yuksalganining belgisi.

Mirzayusuf Rustamboyev, Özbekistonda xizmat körsatgan yurist, yu.f.d, professor

Şu örinda ta’kidlab ötiş kerakki, konstitutsiya dogma emas. U tirik qonun desam ham böladi, u albatta özgarib turişi kerak. U eskiradi ham, şuning uçun ham konstitutsiya zamonga qarab, islohotlarimizga qarab özgarib turişi kerak. Ya’ni yangi “qon” kiritib turiş kerak.

Masalan, biz 1992 yili konstitutsiyani qabul qilganimizdan keyin öşa hujjat asosida boşqa qonunlarni ham qabul qilganmiz. Jumladan, Jinoyat kodeksini. SSSR vaqtidagi Jinoyat kodeksida çayqovçilik, ya’ni olib sotarlik uçun javobgarlik belgilangandi va bunday jinoyatni sodir etişda aybli deb topilganlar 15 yilgaça ozodlikdan mahrum qilinardi. Vaholanki, bu biznes, bu savdo. Jamiyatga buning qanday xavfi bor edi?