Qayd etilişiça, Qörğontepa tumani, «Ijtimoyat» MFY Böston köçasida yaşovçi, fuqaro Ğ.M Qörğontepa tuman yuqumli kasalliklar şifoxonasiga xolsizlik, köngil aynişi, qayd qiliş, boş oğriği va iç ketişidan şikoyat qilgan.

Şu kunning özida yana 26 nafar fuqaro soğligida yuqoridagi belgilar bilan tuman yuqumli kasalliklar şifoxonasiga murojat qilişgan.

Bemorlarga «Ötkir gastroenterit» taşxisi bilan şoşilinç tibbiy muolajalar ötkazilgan, hozirda barça bemorlarning umumiy ahvoli qoniqarli.

«Zaharlanişga sabab bölgan holatlarni aniqlaş böyiça olib borilgan tergovga qadar tekşiruv harakatlari davomida bemorlarning barçasi 2022 yil 5-6 iyul kunlari tuman markazida joylaşgan tez tayyorlanadigan yeguliklar bilan savdo qiluvçi şoxobçadan «Nonburger» va «Hot-dog» sotib olib iste’mol qilganini bildirişgan», deyiladi munosabatda.

Mazkur holat yuzasidan Qörğontepa tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 257-(1)-moddasi (Sanitariyaga oid qonunçilikni yoki epidemiyaga qarşi kuraş qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan avvalroq Kun.uz muxbiri mazkur zaharlaniş hodisasi sabablarini örganiş maqsadida Qörğontepada bölib, maxsus reportaj tayyorlagandi.