8 iyul kuni Oliy Majlis Senatining 28-yalpi majlisi davomida senatorlar 2021 yil yakuni va 2022 yilning birinçi çoragi böyiça Davlat budjeti va davlat maqsadli jamğarmalari budjetlari ijrosida yöl qöyilgan bir qator kamçiliklarni sanab ötdi.

Xususan, davlat xaridlari sohasidagi 2ta portal – korporativ buyurtmaçilarning elektron kooperatsiya portali hamda maxsus axborot portali özaro integratsiya qilinmagan. Bu esa köp hollarda davlat xaridlarining şaffofligi masalasini savol ostida qoldiryapti. Ötgan yilning özida 10 trln 785 mlrd sömlik xaridlar böyiça tuzilgan 35 mingdan ziyod şartnomalar töğrisidagi ma’lumotlar maxsus axborot portalida joylaştirilmagan.

Elektron savdolar böyiça Hisob-kitob kliring palatasida 55 mlrd sömdan ziyod mablağ harakatsiz qolgan. 2018–2021 yillar davomida bu mablağlar samarasiz tarzda maxsus hisobraqamlarda turib qolgan.

Iş haqiga ajratilgan 331,4 mlrd söm boşqa maqsadlarga sarflangan

Respublika budjeti hisobidan 2021 yilda Moliya vazirligi tomonidan iş haqi, pensiya, stipendiya, nafaqalar miqdorlarini oşiriş bilan boğliq xarajatlar uçun mahalliy budjetlarga 4 trln 622 mlrd sömdan ziyod qöşimça mablağ ajratilgan.

Hisob palatasining xulosasiga köra respublika böyiça iş haqiga ajratilgan mablağlarning 331,4 mlrd sömi Moliya vazirligining roziligi asosida boşqa maqsadlarga sarflangan.

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

Öz daromadini köpaytirişga haris jamğarma

Qayd etilişiça, Mahallabay işlaş va tadbirkorlikni rivojlantiriş agentligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş davlat jamğarmasining hisobotida daromad körsatkiçlari va xarajatlarning ayrimlari notöğri aks ettirilişi bilan boğliq xato va kamçiliklar aniqlangan.

Jamğarma tomonidan “Hi-Tech Bank” va “Ravnaq bank”ka depozit şartnomalariga asosan joylaştirilgan 7 mln 850 ming dollar miqdoridagi muddatli depozitlar şartnomada körsatilgan muddatlarda jamğarma hisobiga qaytarilmagan.

Tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş, yangi korxonalar va iş örinlari yaratiş maqsadlariga ajratilgan davlat mablağlaridan samarasiz foydalanilib, jamğarma özini saqlaş uçun daromadlarni köpaytirişga yönaltirgan.