Markaziy bank 2022 yil 15 iyulidan boşlab yangi körinişdagi nominal qiymati 200 000 söm bölgan banknot şaklida pul belgilari muomalaga çiqarilişi töğrisida qaror qabul qilinganini ma’lum qildi.

Foto: Markaziy bank

Mazkur banknot mavzusi (tematikasi) “Buyuk Ipak yöli” hamda mamlakat hududidagi Farğona vodiysining qadimiy tarixiga bağişlangan.

Banknotning öng tarafida oç fonda qadimgi “Buyuk Ipak yöli”ning ramzi sifatida tuya va “200000” raqami körinişida suv belgilari joylaşgan.

Banknotning öng tarafida qoğoz qatlamida kengligi 4 mm.li kök rangli, “siljiş” effektiga, “UZB” yozuviga ega bölgan, mikrooptik va maşinada öqiladigan himoya ipi ötkazilgan.

Old va orqa tomonlarining asosiy rangi – firuza rangda bölib, boşqa ranglar bilan uyğunlaşgan. Banknotlar himoyalangan qoğozda çop etilgan bölib, old va orqa tomonlari maxsus lak bilan qoplangan. Banknot old tomoni çap qismida Farğona viloyatining Qöqon şahrida joylaşgan “XUDOYORXON ÖRDASI” me’moriy yodgorligi tasvirlangan.

Yuqori qismining çap tarafida “200000” raqami, yuqori qism markazida “ÖZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” matni kök va yaşil ranglarda hamda yuqori öng burçakdagi Özbekiston Gerbi yaşil rangda joylaşgan.

Öng va çap tomoni çekkasida joylaşgan yaşil rangdagi maxsus element köriş qobiliyati past bölgan insonlar uchun möljallangan bölib, böyoqning börtmalik xususiyati hisobiga banknotning qiymatini aniqlaş imkonini beradi.

Banknot quyi qismida naqşinkor tasvir fonida “latent” (yaşirin) tasvir “UZ” körinişida berilgan bölib, u yoruğlik manbaiga nisbatan ma’lum qiyalikda köriniş xususiyatiga ega.

Quyi qismining çap tomonida banknot qiymatini aks ettiruvçi “IKKI YUZ MING SÖM” yozuvi va “ÖZBEKISTON SÖMI RESPUBLIKA HUDUDIDA HAMMA TÖLOVLAR UCHUN ÖZ QIYMATI BÖYIÇA QABUL QILINISHI SHART” matni joylaşgan.

Yuqoridagi tasvirlar metallograf bosma usulida bajarilgan bölib, barmoq uçi bilan siypalaganda böyoq börtmaligini seziş mumkin. Banknot öng qismidagi oç fonda nusxa köçirişga qarşi har xil diametrdagi halqalar joylaşgan bölib, nusxa köçirilganda tasvirlardagi aniqlik yöqoladi.