Sirdaryo viloyati sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi boşqarmasi axborot xizmatining xabar berişiça, Sardoba tumani «Zomin» MFY Havotoğ qişloğida yaşovçi fuqaroda xalqaro kasalliklar klassifikatsiyasi (MKV-10) böyiça A-22 deb ataluvçi xavfli kasallik aniqlangan.
A-22 faqat şu kasallik bilan kasallangan yirik va mayda şoxli qoramollarni söyiş jarayonida hamda xom göşt bilan muloqot jarayonida odamga yuqadi. U odamdan odamga yuqmaydi.
Hozirda Sardoba tuman “Zomin” MFY hududidagi barça yirik va mayda şoxli mollarda kasallikka qarşi veterinariya xodimlari tomonidan emlaş işlari olib borilgan.
Qayd etilişiça, 8 iyuldan 18 iyulgaça davom etadigan karantin çoralari faqat yirik va mayda şoxli qoramollarga tatbiq qilinadi. Hozirda epidemiologik vaziyat barqaror, xavotirga örin yöq.

















