2022/2023 öquv yili uçun respublika oliy ta’lim muassasalariga talabalar öqişini köçiriş, qayta tiklaş böyiça arizalar elektron tizimlar orqali qabul qilinadi.

Oliy ta’lim vazirligi xabariga köra, ular quyidagilar:

  • transfer.edu.uz — respublikaning bir OTMdan boşqa OTMga yoki bir OTM doirasida;
  • my.dtm.uz — xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan.

Qabul 2022 yil 15 iyuldan 5 avgustgaça (şu kuni ham) davom etadi.

Kerakli hujjatlar:

ariza (onlayn tarzda)
transkript yoki reyting daftarçasi (JPG yoki PDF şakli)
akademik ma’lumotnoma (öqişni tiklovçilar uçun).

Joriy yildan boşlab faqat 2 toifadagi talabalar (turmuş qursa yoki davlat xizmatçisining işi boşqa joyga ötganda)ga içki «perevod» uçun öqişini köçirişga ruxsat beriladi.

Xorijdan öqişni köçiriş bilan boğliq noqonuniy holatlar oldini oliş maqsadida testlar yakuniga yetgaç, hujjatlar qayta tekşiriladi. Agarda uşbu jarayonda soxta hujjatlar aniqlangan, oliy ta’lim muassasasida qarzdorliklar mavjud bölsa, talaba ötiş ballidan yuqori ball töplagan taqdirda ham unga öqişni köçirişga ruxsat etilmaydi.