Senat matbuot xizmati Kun.uz'ga taqdim etgan qarorga köra, yangi kupyura va tanga dizayni Senat kengaşi tomonidan 5 iyul kuni ma’qullangan va şu kundan e’tiboran kuçga kirgan.

Bu haqda ötgan 9 kun davomida na Senat, na Markaziy bank jamoatçilikka xabar berişni öziga ep körmay keldi. Şuningdek, Markaziy bankning yangi kupyura haqidagi e’lonida ham uning dizayni qonunga muvofiq Senat kengaşi tomonidan ma’qullangani haqida ma’lum qilinmagandi.

5 iyuldagi qaror Senat saytiga qaçon joylangani ma’lum emas, şunisi aniqki, bu haqda yuqori palataning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida xabar berilmagan. Bundan taşqari, 5 iyul kuni Senat kengaşi yiğiliş ötkazgani haqidagi rasmiy xabarda ham yiğilişda yangi pullar masalasi muhokama qilingani haqida heç qanday ma’lumot keltirilmagan.

Ming sömlik tanganing allaqaçon ma’qullangan dizayni nega e’lon qilinmayotgani, u qaçondan muomalaga kiritilişi hozirça ma’lum emas. Markaziy bank matbuot xizmati bu borada ma’lumotga ega emasligi, ming sömlik tangalar 15 iyuldan muomalaga çiqarilmasligini ma’lum qildi.

Ming sömlik pul belgisi boşqa banknotlar kabi Buyuk ipak yöli mavzusidagi yangiça dizaynga ötkazilmasdan, tangaga aylantirilişi haqida şu yil boşida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov aytgan edi.

Özbekistonda muomaladagi eng yirik tanga – 500 sömlik 2011 yilda muomalaga çiqarilgan, 2018 yilda esa 50, 100 va 200 sömlik tangalar qatorida yangilangandi.

  • Ma’lumot uçun, ming sömlik tanga bungaça faqat esdalik sifatida çiqarilgan: 2009 yilda Toşkent şahrining 2200 yillik yubileyiga bağişlab nominal qiymati ming söm bölgan oltin va kumuş tangalar zarb etilgan.
  • Oğirligi 31,1 gramm, asillik darajasi 999,9 bölgan bu esdalik tangalarning bugun, 14 iyuldagi narxi