Özbekiston Markaziy banki 200 000 sömlik banknotni 15 iyuldan boşlab muomalaga çiqarilişini ma’lum qildi. Bu xabar monetar regulyatorning rasmiy sahifalarida 13 iyul kuni e’lon qilindi.
“Markaziy bank töğrisida”gi qonunning 40-moddasiga köra, pul belgilarining namunalari, şuningdek ularning dizayni Markaziy bank tomonidan tasdiqlanadi, biroq Oliy Majlis Senatining Kengaşi bilan kelişilişi lozim.
Xuddi şu tartibga rioya etilgan holda, avvalroq yangi körinişdagi 2 ming va 20 ming sömlik kupyuralar Senat tomonidan ma’qullangandi.
Ammo negadir 200 ming sömlik kupyura 15 iyuldan muomalaga kirişi haqida Markaziy bank bergan xabarda yangi banknot Senat bilan kelişilganiga oid ma’lumot keltirilmagan.
Şuningdek, Senatning axborot tarqatuvçi rasmiy manbalarida ham bu haqida ma’lumot yöq. Kun.uz söroviga javoban bunga aniqlik kiritib berişini aytgan Senat axborot xizmati vakili qayta aloqaga çiqmadi.
Yangi pullar muomalaga çiqarilişini odatda bir oy oldindan e’lon qiladigan MB bu safar yangi pullar muomalaga çiqarilişidan 2 kun oldin xabar berdi. Regulyator matbuot xizmati nima sababdan yangi pullarni muomalaga çiqarişga oid qarorga bunçalik tez kelgani haqidagi savolimizni hozirça oçiq qoldirmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda yangi pul uçun yana kök rangga murojaat qilingani tanqid qilinmoqda – ötgan yili çiqarilgan yangi 10 ming va 20 ming sömliklarda ham şu rang ustuvorlikka ega edi. 200000 raqamidagi nollar vizual ajratilmagani ham noqulayliklarga sabab böladi.
Markaziy bank bunday yangi kupyuraning paydo bölişi şiddatli inflatsiya kutilayotgani bilan boğliqligi haqida odamlar orasida keng tarqalayotgan fikrga ham munosabat bildirmayapti. Vaholanki, MBning sönggi sörovlari iyun oyida aholining inflatsiya kutilmalari ötgan oyga nisbatan pasayganini körsatmoqda

















