Nodavlat ta’lim taşkiloti oçişda dastlabki ustav fondi 2 mln dollardan kam bölmasligi, investor 350 ming dollar depozit qöyişi, birinçi 5 yilda sof foydasining kamida 80 foizini ta’limga yönaltirişi belgilandi. Kun.uz mutaxassislar bilan yangi talablarni tahlil qilişga urindi. Xususiy universitet ta’sisçisi Bekzod Jalilovga köra, bu şartlar tadbirkorlar uçun oğirlik qilmaydi, ammo ta’lim sifatini yaxşilamaydi ham. Iqtisodçi Otabek Bakirov esa oliy ta’lim bozoridan davlat çiqib ketişi kerakligini, aks holda universitetlar degradatsiyasi davom etişini aytmoqda.

30 iyun kuni Vazirlar Mahkamasining “Respublikada nodavlat ta’lim xizmatlari sifatini oşirişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga köra, endilikda xususiy OTM oçişda yangi litsenziya talablari işlaydi.

Ya’ni bu bilan nodavlat ta’lim taşkilotining dastlabki ustav fondi 2 mln dollar ekvivalentdan kam bölmasligi, investor bankka 350 ming dollar depozit qöyişi va bino-inşootlarining maydoni 5 ming kv/metrdan kam bölmasligi belgilandi.

Xöş, özi aslida bu qanday talablar? Ularni yangilaşga ehtiyoj bormidi? Mutaxassislar va bozor iştirokçilari bunga qanday munosabatda? Kun.uz şuni tahlil qiliş maqsadida xususiy OTM ta’sisçisi Bekzod Jalilov hamda iqtisodçi Otabek Bakirov bilan suhbatlaşdi. Quyida intervyudan qisqa şarh keltiriladi.

“Qaror bilan sifatni kötarişning iloji yöq”

Bekzod Jalilovga köra, avvalgi litsenziya oliş tartibida ustav fondi, depozit bilan boğliq şartlar bölmagan. U yangi şartlar heç bir tadbirkor uçun oğirlik qilmasligini, ammo ta’lim sifatini oşirib ham qöymasligini aytmoqda.

“Tadbirkorlarga Vazirlar Mahkamasining qarorida qöyilgan, masalan, ustav fondini 2 million dollar qiliş yoki bankda 350 ming dollarni uşlaş qiyin emas va maqsad sifatni kötariş bölgan bölsa, bu Vazirlar Mahkamasi qarori bilan sifatni kötarişning iloji yöq deb bilaman”, – dedi u.

Jalilovning fikriça, bundan keyin universitetlar nodavlat va notijorat şaklda oçilişi va asosiy maqsadi foyda olişga qaratilmasligi kerak.

“150 yillik, 200 yillik tarixi bor universitetlarni oladigan bölsangiz, ularda bakalavriat, magistratura, PhD sohasidagi öquvçilari bölsa, köpi bilan 25 mingdan oşiq talabasi bor. Lekin bizda şunday böldiki, 2019 yilda xususiy sektorda, umuman, xususiy universitetlarni oçişga ruxsat berilgandan keyin bir yilning özida 20 ming talaba olgan universitetlar böldi.