Özbekistonga jazirama qaytmoqda. Energota’minot bunga tayyormi?
|03:07 / 17.07.202254 2268 min
17–22 iyul kunlari Özbekiston hududida harorat 47 darajagaça kötarilişi, jazirama rekordlari yangilanişi kutilmoqda. Xöş, energota’minot bunga qançalik tayyor? Ötgan yili jaziramada kuzatilgan muammolar bu yil ham takrorlanadimi?
Foto: Kun.uzFoto: Kun.uz
“Özgidromet” rahbari Şerzodxöja Habibullaxöja şoşilinç axborot bilan çiqib, respublika hududiga 17–22 iyul kunlari Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq havo kirib kelişi, şu sababli havo harorati 47 darajagaça kötarilişi haqida ogohlantirdi.
Unga köra, issiq havo massalarining kirib kelişi natijasida kunduz kunlari havo harorati quyidagiça kötariladi:
Qoraqalpoğiston, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qaşqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 44-47 darajagaça;
Toşkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida 42-45 darajagaça;
Farğona vodiysi viloyatlarida 41-43 darajagaça.
Statistik raqamlarga köra, agar Toşkentda harorat 45 darajaga çiqsa, bu 1870 yildan keyingi davrning mutlaq rekordi böladi.
Iyun oyi oxirida Özbekiston aholisi kuçli issiqning birinçi tölqinini boşdan keçirdi. “Özgidromet” xabariga köra, 27–28 iyun kunlari şimolda va çöl hududlarda, 29 iyunda hududlar katta qismida issiq maksimal darajaga yetgan. Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qaşqadaryo va Samarqand viloyatlari ayrim tumanlarida iyun oyi uçun maksimal havo harorati böyiça yangi rekordlar örnatilgan.
Kunlarning anomal darajada isib ketişi öz-özidan konditsioner va sovitiş qurilmalariga bölgan ehtiyojni oşiradi, elektr energiyasi bilan işlaydigan bunday jihozlardan yoppasiga foydalaniş esa energetika tarmoğiga yuklama ortib ketişiga olib keladi. Xöş, tizim bunday bosimga tayyormi?
Uzilişlar
Keyingi kunlarda Toşkent şahrining qator hududlarida energiya ta’minotida uzilişlar kuzatila boşladi. Töğri, uzilişlar hozirça uzoq vaqt davom etayotgani yöq, ammo şu kabi holatlar hali anomal issiq qaytmay turib, tarmoq kuçlanişga çidab bera olmayotganiga işora qilmoqda.
Telegram-guruhdagi murojaatlar va ularga berilgan javoblar tahlili anomal issiq kuzatilgan kunlarda köplab nimstansiya va transformatorlar faoliyatida nosozlik kuzatilgani, katta ehtimol bilan bu muammolar tizimdagi yuklama ortib ketgani sababli yuzaga kelgani, elektr energiyasi ta’minotidagi uzilişlar oqibatida ayrim hududlarda aholi suvsiz qolib ketganini körsatmoqda.
Şahar elektr tarmoqlari korxonasi buni anomal issiq va qişga tayyorgarlik doirasidagi rejali öçirişlar bilan izohlab, aholini energiyadan “tejab foydalanişga” çaqirgandi.
Yangiça hiyla?
Mas’ullar keyingi paytda muammoning yeçimi sifatida past kuçlanişli elektr energiyasi bilan ta’minlab, “tok bormi, bor”, qabilida iş tutayotgani ham muhokamalarga sabab bölmoqda. Özbekiston şaroitida jihozlar 220 V kuçlanişda işlaşga moslaştirilgan.
Tizimga yuklama ortişi natijasida energiya yetkazib beruvçilar şartnomaga muvofiq 220 V kuçlanişda emas, undan pastroq, masalan, 160-180 V kuçlanişli elektr energiyasi uzatişmoqda. Tabiiyki, bunda uyingizda çiroq böladi, televizor va kamenergiya sarflovçi jihozlar işlayveradi. Biroq muzlatkiç, konditsioner kabi qurilmalar bunday kuçlanişda hatto yonmaydi ham.
Bunday holat keça yoki bugun boşlangani yöq. Şu mazmundagi şikoyatlar ötgan yili ham, ötgan oyda ham, şu keça-kunduzda ham kuzatilmoqda. Hozirça aholi energo yetkazib beruvçilarning bu hiylasini töliq anglab yetişganiça yöq, bilganlar ham juda ozçilikni taşkil qiladi.
Talab bor joyda taklif yuzaga kelganidek, mavjud muammoni hal qilib beruvçi xizmatlar paydo bölgan.
Biroq aslida bu muammoni hal etişi lozim bölgan Energetika vazirligi va boşqa mutasaddilar oğziga talqon solib olişgan. Muammoni hal qila olişmagani ham mayli, jillaqursa aholiga bu borada tuşuntiriş berişgani ham yöq.
Energotizim jaziramaga tayyormi?
“Özgidromet” jazirama haqidagi prognozlarini e’lon qilgan kuniyoq Kun.uz Energetika vazirligiga mamlakat energiya ta’minoti yuklama ortişiga qançalik tayyorligi yuzasidan izoh sörab murojaat qilgandi. Biroq vazirlikdan bu borada heç qanday izoh berilmasligi aytildi.
Kun.uz anomal issiq kuzatilayotgan kunlari “svet” öçayotgani, odamlar jaziramada elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlanmayotgani bilan boğliq muammoni ötgan yili ham kötarib çiqqandi. Öşanda soha mas’ullari havo keskin isib ketişi oqibatida transformatorlar, ayniqsa, katta podstansiyalarda işlab turgan transformatorlar qizib ketayotgani, ularning içidagi öramni sovitib turuvçi yoğ qaynab ketayotgani sababli ikki-uç soatga öçirib sovitişga töğri kelayotgani, uzilişlar sutkaning faqat kunduzgi soatlarida quyoş qattiq qizdirgan paytga töğri kelib, tungi soatlarda muammo yöqligini ma’lum qilişgandi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev yil boşida kuzatilgan blekautdan söng elektr energiyasi quvvatini oşiriş böyiça qaror loyihasini tayyorlaşga körsatma bergandi. Rejaga köra, 2026 yilga borib jami generatsiya quvvatlari 27 400 megavattga, yillik işlab çiqariş hajmi 110 milliard kilovatt soatga yetkazilişi kerak.
Energetika vazirligi 2022 yilda Buxoro, Namangan, Xorazm, Qaşqadaryo, Farğona va boşqa viloyatlarda umumiy quvvati 1 900 MVt bölgan 8 ta quyoş fotoelektr stansiyasi hamda Qoraqalpoğistonda 1 700 MVt.lik şamol elektr stansiyasini quriş böyiça loyiha bitimlari imzolanişi rejalaştirilgani, 2023 yilning yakuniga qadar Surxondaryo, Jizzax, Samarqand va Navoiy viloyatlarida quyoş fotoelektr stansiyalari işga tuşirilişi, 2026 yilga borib quyoş va şamol elektr stansiyalari quvvati 8 000 MVtga yetkazilişi haqida xabar bergan. Biroq bu loyihalarning işga tuşib, elektr energiyasi işlab çiqarişni boşlaşiga hali köp qovun pişiği bor. Xöş, ungaça-çi, yangi quvvatlar yuzaga kelgunça vaziyatni önglaş böyiça çora yöqmi, bölsa qanday, nega aytilmaydi?
Özbekistonda har yili may-sentabr oylarida havo harorati yuqori bölişi, ayniqsa, iyun-avgust oylarida jazirama issiq kuzatilişi heç kimga sir emas. Bunday vaziyatda tizimda yuklama ortişi öz-özidan ma’lum, buning sabablariga yuqorida töxtalib ötdik. Şuni bilgan holda yuzaga kelişi mumkin bölgan muammolar, xususan, transformatorlarning qizib ketmasligini ta’minlaş, ularning sonini köpaytiriş, budjetdan transformatorlar uçun köproq pul talab qiliş, energiya importi böyiça kerakli işlarni qilib qöyiş, koll-markazlar işini tartibga keltiriş mumkin-ku?
Ha, Energetika vazirligi butkul jim emas, elektr energiyasida uziliş bölmasligi uçun öz tavsiyasini berdi: yaqinlaşayotgan jaziramada aholidan elektr energiyasini tejab işlatiş söraldi. Ehtimolki, çaqiriqlar bilan köp narsaga erişib bölmasligini vazirlikdagilar ham biladi. Odamlar taşqarida anomal issiq yondirayotganda aynan şunday kunlar uçun sotib olingan konditsionerini nega xotirjam işlatmasligi kerak? Bu tavsiyani berganlarning xonasidagi konditsioner ular yöq paytda ham soatlab böş xonani sovitib yotmaydimi?
Oxirgi yillarda elektr generatsiyasi sezilarli köpaygani, transformatorlarni yangilaş körsatkiçlari karrasiga oşgani böyiça faktlarni rad etib bölmasligi rost, biroq bu bilan muammolarga izoh berişdan qoçişni oqlab bölmaydi. Iste’molçining haq-huquqlarini hurmat qiliş, matbuot anjumani ötkaziş, aniq savollarga röy-rost javob berişga nima xalal beradi?
Jamşid Niyozov, jurnalist
Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazarini ifodalamasligi mumkin.