18 iyul kuni Afğoniston hududida «Termiz-Peşovar» temiryöl aloqasini örnatiş böyiça Özbekiston, Pokiston va Afğonistonning qöşma loyihasining yönalişi va texnik-iqtisodiy asoslarini aniqlaş böyiça ekspeditsiya işlari boşlandi.
«Termiz – Mozori-Şarif – Kobul – Peşovar» transafğon temiryöl loyihasining taxminiy qiymati 5 milliard dollarni taşkil etadi. Uzunligi 600 km bölgan temiryöl Markaziy Osiyo mamlakatlari uçun Pokistonning yirik dengiz portlariga çiqiş yölini oçadi.
Loyiha töliq amalga oşirilgaç, Pokistondan Özbekistonga yuk taşiş 35 kun emas, 3-5 kun davom etişi, bitta standart yuk konteynerini taşiş narxi qariyb uç barobarga arzonlaşişi kutilmoqda. Şu bilan birga, uşbu yönaliş böyiça yuk taşiş hajmi 10 million tonnaga yetişi mumkin.
Avvalroq prezident Şavkat Mirziyoyev «bu temiryöl mintaqalarimiz qiyofasini butunlay özgartirib yuborişi» haqida aytgandi.

















