Direksiya oldidagi majburiyatni bajarmagani uçun 40 ga yaqin kompaniya IT Park rezidenti maqomidan mahrum etildi.

Rezidentlar öz faoliyatini Vazirlar Mahkamasining 589-son qarori talablari asosida amalga oşirişi hamda IT Park rezidenti faoliyati şartlari töğrisidagi şartnomaga muvofiq öz majburiyatlarini bajarişi şart.

IT Park rezidentlari majburiyatlariga quyidagilar kiradi:

  • faqat röyxatdagi faoliyat turlariga asoslangan biznes-rejada körsatib ötilgan faoliyat turlarini amalga oşiriş;
  • har çorakda IT Park direksiyasiga öz faoliyati töğrisida ma’lumot taqdim etiş;
  • har yili moliyaviy-xöjalik faoliyati auditini ötkaziş va auditorlik xulosasining bir nusxasini IT Park direksiyasiga yuboriş;
  • rezident IT Park direksiyasi bilan tuzilgan şartnomaga muvofiq boşqa majburiyatlarga ham ega.

Nizom talablarini bajarmagan rezidentlar IT Park rezidenti maqomidan mahrum etiladi, soliq imtiyozlari esa bekor qilinib belgilangan tartibda davlat budjetiga tölaş majburiyatlari tiklanadi. 

Bundan taşqari, 79 kompaniyaning auditorlik xulosasi nizom talablariga muvofiq bölmagani sababli xulosani qayta körib çiqiş böyiça hamda auditorlik xulosasi belgilangan şaklga muvofiq taqdim etilmasa IT Park rezidenti maqomidan mahrum etiş böyiça xabarnoma yuborildi.

IT Park rezidenti maqomi ma’lum afzalliklarni beradi. Rezident kompaniyalar 2028 yil 1 yanvarga qadar barça turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamğarmalariga majburiy ajratmalarni, ijtimoiy soliqni tölaşdan ozod etilgan. Iş haqi daromadidan jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği 7,5 foiz miqdoridagi yagona stavka böyiça soliqqa tortiladi.