Özbekistonda 2020 yilda kötarilgan mojaro ortidan, mobil qurilmalarning IMEI-kodlarni boşqa fuqarolarning pasportlariga noqonuniy ravişda qayd etiş bilan şuğullangan bir neçta jinoiy guruhlar borligi foş bölgan edi.

Gazeta.uz mazkur jinoyat işlari körib çiqilgan sudlar qanday yakunlanganiga doir ma’lumotlarni taqdim qildi. Ma’lum qilinişiça, şu kabi jinoyat işlaridan biri 2021 yil Andijonda birinçi instansiya va apellyatsiya sudlarida körib çiqilgan.

Birinçi hukm Jinoyat işlari böyiça Andijon şahar sudi tomonidan 2021 yil 2 martda çiqarilgan. Mazkur iş böyiça sudlanuvçilar: Andijon şahrida yaşovçi, telefon sotiş va sotib oliş bilan şuğullangan A. Ahmedov (1991 y.t.), Andijon viloyati IIB Axborot texnologiyalari, kommunikatsiyalari va axborotni muhofaza qiliş bölimi boşliği R. Mirhaydarov (1992), andijonlik tadbirkor U. Mirzayev (1991), mahalliy korxonada iş yurituvçi N. Aşurov (1990), sobiq maktab öqituvçisi B. Kamoldinov.

Sud materiallariga köra, uşbu şaxslar 2020 yilning yanvar oyida tadbirkor Ahmedov boşçiligida bojxona nazoratini çetlab ötib, Özbekistonga kirib kelayotgan köp sonli mobil telefonlarning IMEI-kodlarini röyxatdan ötkaziş maqsadida jinoiy til biriktirgan.

Sud qaroridan ma’lum bölişiça, Mirhaydarov va Mirzayevlar – Aşurov va Kamoldinovlar orqali Özbekistonga çiqib ketgan va qaytgan fuqarolarning ma’lumotlarini tizim operatori – «Özbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boşqariş respublika markazi» DUKda röyxatga olgan.

Andijon viloyati IIBning AKT boşqarmasi boşliği lavozimida işlagan Mirhaydarov öz mansab mavqeyidan foydalangan holda uyuşgan guruh manfaatlarini közlab, jismoniy şaxslarning şaxsiy ma’lumotlarini qonunga xilof ravişda töplagan, işlatgan va ötkazib yuborgan, deyiladi iş materiallarida.