
Yevgeniy özbekistonliklar uçun telefonni UzIMEI tizimida röyxatdan ötkaziş bir munça qulayligini, faqat pulini tölaş orqali uyda ötirgan holda buni amalga oşiriş mumkinligini aytadi. Qisqa muddatga kelgan sayyohlarda ham UzIMEI bilan muammolar bölmaydi (30 kungaça röyxatdan ötiş şartmas), ammo uzoq muddat Özbekistonda qolmoqçi bölganlar uçun bu ançagina qiyinroq, belgilangan joyga şaxsan özingiz borib, ariza yozib kelişingiz kerak, deydi sayyoh.
“UzIMEI saytida buni xohlagan poçta bölimida qiliş mumkinligi yozilgan ekan. Men uyim yaqinidagi poçta bölimiga bordim, lekin u yerda registratsiya yöqligini, Poçtamtga boriş kerakligini aytişdi.
“Yandeks xaritalar” dasturiga kiritilgan ma’lumotlarga köra, Poçtamt faqat iş kunlari 9:00 dan 18:00 gaça, ya’ni mening iş vaqtim bilan bir xil vaqtlarda işlarkan. Iş kunining örtasida bir neça soat böş vaqt topişga, kun oxirida esa köproq işlaşga töğri keldi.
Poçtamtga ham ikki marotaba borişimga töğri keldi. Dastlab borganimda menga UzIMEI tizimidagi texnik muammolar sabab arizalarni qabul qiliş bugunça töxtatilganini afsus bilan ma’lum qilişdi: UzIMEI boş ofisiga ham borişingiz mumkin, lekin u yerda navbat yana ham köproq. Yaxşisi, bir neça kundan söng keling, deyişdi.
Ikkinçi marta kelganimda Poçtamtning özida röyxatdan ötiş uçun katta navbat bor edi. 40 daqiqaça navbatda turdim va nihoyat ariza topşirdim. Yana bir yangilik: IMEI'ni röyxatdan ötkaziş uçun sizda Özbekiston aloqa operatorlarining SIM kartasi bölişi kerak ekan. Baxtimga menda bunday SIM karta bor yedi. Baxtga qarşi, uni (SIM kartani) röyxatdan ötkazişda ma’lumotlarni xato kiritişgani uçun IMEI'ni röyxatdan ötkaziş imkoni bölmadi. “Mobil operatoringiz ofisiga boring va pasport ma’lumotlaringizni yangilab berişlarini sörang”, deyişdi menga.
Layfhakdan foydalandim: boşqa mobil operator ofisiga borib, ma’lumotlarim töğri kiritilganini qayta tekşirib, yangi SIM kartani oldim. Şundan keyin yana 20 daqiqaça navbatda turib, nihoyat IMEI'ni röyxatdan ötkazdim.
Sarflangan asab tolalari va taksi xarajatlarini hisobga olmaganda, hammasi uçun 5 dollar atrofida mablağ va 3 soat atrofida iş vaqtim ketdi.


















