Vazirlar Mahkamasining 2018 yilda qabul qilingan 666-sonli qarori bilan maktablarda majburiy formalarni joriy etish keyinchalik 2024/25 o‘quv yiligacha kechiktirilgan edi. Biroq joriy yilning 19 mayida hukumat o‘zining 271-sonli qaror bilan yagona maktab formasiga o‘tishni 2022/23 o‘quv yilidan boshlab joriy qildi.

 

 

Xalq ta’limi vazirligi tashabbusi hamda «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi bilan hamkorlikda jurnalistlar uchun Namangan viloyatidagi korxonalarda tikilayotgan maktab formalarini borib o‘rganish maqsadida press-tur o‘tkazildi. U yerda yagona maktab formasini joriy etishdan ko‘zlangan maqsad maktabda ijtimoiy tenglikni joriy etish ekani, o‘quvchilar maktabda kiyinish masalalariga chalg‘imasdan faqat ta’lim olish bilan band bo‘lishi kerakligi aytib o‘tildi.

Hukumatning 2018 yil 666-sonli qarorida ham maqsad davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarining kiyinish madaniyati va tartib-intizomga amal qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash, salomatliklarini muhofaza qilish uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish, ma’naviy va jismoniy sog‘lom avlodni kamol toptirish ekanligi urg‘ulangan.

Uni jamoatchilik qanday tushundi?

Ijtimoiy tarmoqlarda davlat maktablarida o‘quvchilar formasini joriy etishdan ko‘zlangan maqsad — diniy e’tiqodni jilovlash ekanligi borasida fikrlar ham bot-bot bildirilmoqda. Bu fikrlarda oz bo‘lsa-da jon bordek. Chunki ta’lim muassasalariga ro‘mol o‘rab borgan qizlarga tazyiq o‘tkazilgani bilan bog‘liq voqealar respublikaning turli hududlarida avval ham ko‘p kuzatilgan.

Masalan, Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi 45-maktab direktori Zubayda Toshpo‘latova maktabga ro‘mol o‘rab kelgan qizga o‘dag‘aylab, «Shu maktabda o‘qimoqchi bo‘lsang, ro‘molingni yechasan», degandi