Farğona neftni qayta işlaş zavodi iyun oyida işlab çiqarişni kamaytirgani ta’mirlaş işlari bilan boğliq edi, deya ma’lum qildi zavodga egalik qiluvçi “Sanoat energetika guruhi” MÇJ.

Kun.uz 22 iyul kuni e’lon qilgan materialda, benzin narxi oşayotgani import kamaygani bilan birga, ötgan oyda FNQZ işlab çiqarişni susaytirgani fonida ham röy berayotgani haqida yozgandi.

“Sanoat energetika guruhi”dan ma’lum qilişlariça, narxlar oşişida zavoddagi ta’mirlaş işlarining ahamiyati katta emas.

“Farğona NQZda joriy yilning yanvar-iyun oylarida jami 95,4 ming tonna benzin işlab çiqarilgan bölsa, şundan iyun oyida mahsulot hajmi 9,9 ming tonnani taşkil etdi.

Işlab çiqarişning pasayişi korxonaning xususiylaştirilişi bilan boğliq emas, balki L35/11-300 (benzin işlab çiqariş) qurilmasining 1-15 iyun kunlari ta’mirlaşda bölgani tufayli sodir bölgan. Afsuski, zavod sönggi 30 yil davomida modernizatsiya qilinmadi, xavfsizlik omili tufayli bunday qurilmalarning işini töxtatiş va ta’mirlaş işlarini keyinga qoldirib bölmaydi, ularni e’tiborsiz qoldirişga kompaniyamiz haqli emas.

SEG korxonaning yangi egasi sifatida modernizatsiya qiliş uçun 400 mln dollar atrofidagi mablağni jalb etişni rejalaştirgan. Yangilaniş korxonaning iş rejimini töxtatmagan şaroitda amalga oşirilmoqda, ammo turli qurilmalarning işini orada vaqtinça töxtatib turişga töğri keladi. Zavod avvalgi egalari davrida bunday ta’mirlaş işlari olib borilmagan va ularga katta sarmoya ham kiritilmagan.

L35/11-300 agregatining standart işlab çiqariş quvvati oyiga 20,0-26,0 ming tonnani taşkil etadi. Şu tariqa, Özbekistonda umumiy işlab çiqariladigan avtomobil benzini hajmining çorak qismidan sal köproği (26%) FNQZ hissasiga töğri keladi.

Bugungi kunda jahondagi geosiyosiy vaziyat va resurslar taqsimoti sxemasidagi özgarişlar, şuningdek, uglevodorod xomaşyosi hamda neft mahsulotlari narxlarining keskin ösişi tufayli tijorat tuzilmalari tomonidan benzin va dizel yoqilğisi importi keskin kamaydi.

Şunday qilib, yuqorida aytib ötilgan bozorning çorak qismi sönggi oylarda oltidan bir qismga aylandi, ya’ni hozirda uşbu hajm umumiy bozorning 18 foizidan oşmaydi.

Iyun oyida qurilma ta’mirda bölganini hisobga oladigan bölsak, mamlakatimizda işlab çiqarilgan umumiy benzin bozorida taşkilotning uluşi 10 foizigaça kamayganini köriş mumkin.