Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 18 iyul kuni soat 23:00 larda A-378 xalqaro avtomobil yölining Samarqand tumani hududidan ötuvi 12-kilometrida odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan.

Lacetti maşinasi qayrilib olayotganda Qaşqadaryo viloyatidan harakatlanib kelayotgan Isuzu yuk maşinasi unga kelib uriladi uni qarama-qarşi yönalişga ötkazib yuboradi.

Şu payt röparadan kelayotgan Kamaz Lacetti maşinasiga uriladi va uni surib ketib, yölni ajratib turuvçi beton tösiq ustiga çiqib ketadi. Lacetti uning ostida qoladi. Hodisa oqibatida, Lacetti haydovçisi oğir tan jarohatlari olib, voqea joyida halok böladi.

Kamaz va Isuzu haydovçilari ham turli darajada tan jarohatlari bilan şifoxonaga yotqiziladi.

Qayd etilişiça, hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Samarqandda katta tezlikda maşina boşqargan 17 yoşli ösmir singlisi va uning dugonasi hayotiga zomin bölgandi.