Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 8 iyul kuni Samarqand tumani “Çaqa” MFY hududidan ötuvçi 4H-495V mahalliy avtomobil yölining 2-kilometrida odamlar ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan.
Samarqand tumanida yaşovçi 17 yoşli M.X. Cobalt maşinasi bilan Qaynama-Zaxlik yönalişida ketayotib boşqaruvni yöqotgan va maşina yöl çetiga ağdarilib ketgan.
Oqibatda, maşinada yölovçi sifatida ketayotgan, haydovçining singlisi J.X. hodisa joyida vafot etgan. Yana ikki nafar yölovçi oğir tan jarohatlari olib şifoxonaga yotqizilgan. Körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, yana bir qiz R.I. şifoxonada vafot etgan.
Dastlabki suriştiruvlarda aniqlanişiça, hali haydovçilik guvohnomasi oliş yoşiga yetmagan M.X. mahallaning içki köçasida maşinani juda katta tezlikda boşqargan.
Qayd etilişiça, hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Iştixon tumanida BMW ağdarilib ketgan va oqibatda yölovçi vafot etgandi.

















