“Özbekneftgaz” matbuot xizmati xabariga köra, uçraşuvda “Özbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boşqaruvi raisi boşçiligidagi işçi guruhining London şahriga safari yakunlari, xalqaro banklar va yevroobligatsiyalar egalari bilan ötkazilgan uçraşuvlar yakunlari muhokama qilindi.

“Özbekneftgaz" joriy geosiyosiy vaziyatning kompaniya faoliyatiga ta’siri, GTL zavodida birinçi sintetik mahsulotlar işlab çiqarilişi, barqaror rivojlaniş (ESG) va korporativ islohotlar yönalişlari böyiça amalga oşirilayotgan işlarni qamrab olgan investorlar bilan global uçraşuv ötkazilişini ma’lum qildi.

Rothschild & Cie kompaniyasi rahbariyati “Özbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining transformatsiya jarayonida ilğor global biznes amaliyotini joriy etiş muhimligini ta’kidladi.

Kapital bozorlari hozirgi özgaruvçanligini hisobga olib, maslahatçilar asosiy e’tiborni tayyorgarlik jarayoniga qaratişni va moliya bozorlaridagi vaziyat barqarorlaşgandan keyin IPÖga çiqiş rejalarini qayta körib çiqiş zarurligini tavsiya etdi.

Foto: Özbekneftgaz

Kompaniya haqida dastlabki va ijobiy fikrni şakllantiriş uçun töğridan töğri potensial investorlar bilan uçraşuvni 2022 yil oxirida taşkil etiş imkoniyatini körib çiqiş taklif etildi va xalqaro bozorda gaz kompaniyalariga investorlar qiziqişi ortib borayotgani ma’lum qilindi.

Rothschild & Cie kompaniyasi korporativ madaniyatni oşiriş, ESG hisobotini joriy etiş, moliyaviy hisobotlarni çiqarişni tizimlaştiriş, qarz portfeli holatini yaxşilaş orqali IPÖga tayyorgarlikni davom ettiriş zarurligini ta’kidladi.

Ma’lumot uçun, Rothschild & Cie - investitsiya banki kompaniyasi. 1983 yilda Parijda (Fransiya) taşkil etilgan.