Andijon viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari-viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş boş boşqarmasi boşliği lavozimiga Karimov Dilşodbek Abdumalikoviç tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Dilşodbek Karimov 1980 yilda Qörğontepa tumanida tavallud topgan. 2005 yilda Andijon muhandislik iqtisodiyot institutini, 2014 yilda Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasini tamomlagan.
U mehnat faoliyati davomida qator taşkilotlarda işlagan. Jumladan, Qörğontepa tumani hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari, xizmat körsatiş sohasi va tadbirkorlik masalalari böyiça örinbosari, Qörğontepa tumani hokimining birinçi örinbosari, Qorasuv şahar hokimi. Özbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirligi hududlarni rivojlantiriş dasturlarni monitoring qiliş bölimi boş mutaxassisi, Özbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişni muvofiqlaştiriş boşqarmasi boşliği lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Dilşodbek Karimov tayinlovga qadar Özbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi Hududlarni kompleks rivojlantiriş departamenti direktori örinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Eslatib ötamiz, 2021 yil 11 fevral kunidan uşbu lavozimda işlagan Otabek Tursunov faoliyatida yöl qöygan kamçiliklari uçun işdan olinganligi xabar qilingan edi.

















