Ijtimoiy tarmoqlarda Qarşida qaynisinglisini oftoba bilan urib öldirgan şaxs qotillikdan avval ruhiy kasalliklar şifoxonasidan qoçgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Qaşqadaryo viloyati SSB axborot xizmati holatni tasdiqladi.

SSB munosabatida yozilişiça, Qarşi şahrida qaynisinglisini oftoba bilan urib öldirgan şaxs 2018 yildan beri dispanser nazoratida bölgan. Muntazam ambulator va statsionar tartibda davolanib kelgan. U avval ham öz yaqinlariga tan jarohati yetkazgani tufayli 2019 yildan 2021 yilgaça Buxoro viloyatida joylaşgan nazorati kuçaytirilgan şifoxonada majburiy davolangan. Davo muddatini ötab bölgandan söng yaşaş joyiga mutaxassis nazoratiga jönatilgan. 2021 yilda “Tajovuzkor bemorlar” maxsus hisobiga olingan.

Keyingi paytlarda uning ruhiyatida yana özgariş bölgani sababli IIB xodimining aloqa xatiga asosan 2022 yil 21 may kuni viloyat ruhiy asab kasalliklari şifoxonasiga yotqizilgan. 2022 yil 17 iyul soat 6:40 da nonuştaga olib çiqilayotgan paytda navbatçilikda bölgan xodimlar mas’uliyatsizligi sababli bemor bölimdan qoçib ketgan. Bu haqda darhol uning oilasiga xabar berilgan. Bemorning şifoxonadan qoçgani haqida IIB xodimlariga xabar berişga ulgurilmasdan u jinoyatga qöl urgan.

«Mazkur holat viloyat ruhiy asab kasalliklari şifoxonasida muhokama qilinib, ruhiyatida ötkir özgarişlar kuzatilayotgan bemorlarda örnatiladigan alohida nazorat tadbirlariga e’tiborni kuçaytiriş böyiça qat’iy çoralar belgilangan. Mas’uliyatsizlikka yöl qöygan şifoxona xodimlariga tegişli tartibda çora köriladi», deyiladi viloyat SSB munosabatida.