Samarqand viloyati bojxona boşqarmasining “Jartepa” çegara bojxona postiga kirib kelgan qöşni davlat fuqarosi boşqaruvidagi yengil avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona körigidan ötkazilganda, orqa örindiqdagi bar içiga 12 kalibrli ov quroli uçun möljallangan 7 dona patronlar borligi aniqlandi.
Andijon va Toşkent viloyatlarida esa naqd xorijiy valutalarni respublikadan noqonuniy olib çiqişga bölgan urinişlar oldi olindi.
Andijon viloyati bojxona boşqarmasining “Döstlik” çegara bojxona posti orqali respublikadan çiqib ketayotgan qöşni davlat fuqarosi bojxona xodimlariga oğzaki tarzda ma’lum qilmay hamda yölovçi bojxona deklaratsiyasida körsatmagan holda 31 ming 200 AQŞ dollarini yaşirinça olib çiqişga uringan vaqtida töxtatib qolindi.
Toşkent viloyati bojxona boşqarmasi “Navoiy” çegara bojxona postida esa 3 nafar yölovçilarning har biri 18 ming AQŞ dollaridan jami 54 ming AQŞ dollarini olib çiqişga uringan vaqtda töxtatib qolindi.
Bojxona xodimlarini çalğitiş maqsadida valutalar nonlar va kiyimlar orasiga yaşirilgan, yölovçilardan biri esa pullarni kiyimlari ostidan beliga boğlab olgan.
Aniqlanişiça, uşbu şaxslar ma’lum bir haq evaziga özlariga tegişli bölmagan valutalarni bojxonadan olib ötib berişga urinişgan.

















