5 avgust kuni 4R-36 Jizzax-Foriş avtomobil yölining Foriş tumani hududidan ötgan 46-kilometrida mudhiş YTH röy berdi.

Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, 1976 yilda tuğilgan, Qaşqadaryo viloyati Kitob tumanida yaşovçi şaxs boşqaruvidagi Isuzu Jizzax–Foriş yönalişda harakatlanib ketayotganda haydovçi uxlab qolgan.

Natijada yuk maşinasi qarama-qarşi yönalişdan kelayotgan, Foriş tumanida yaşovçi şaxs boşqaruvidagi Nexia-2 maşinasiga urilgan.

Oqibatda Nexia-2 haydovçisi va unda yölovçi sifatida ketayotgan uç nafar yölovçi oğir tan jarohatlari olib, voqea joyida halok bölgan.

UPD. Jizzax viloyati IIB axborot xizmati Kun.uz'ga voqeada dastlabki xabarda aytilganidek 5 kişi emas, 4 kişi halok bölganini ma’lum qildi.