2021 yil dekabr oyida Toşkent şahri Bektemir tumanida joylaşgan yangi Qöyliq dehqon bozori, ya’ni Food city'ning taqdimoti ötkazilgandi. Va nihoyat, zamon talablariga javob beradigan savdo markazi öz faoliyatini boşladi. Endilikda mazkur yirik agroklasterdan deyarli barça turdagi mahsulotlarni ulgurji va çakana savdolarda, hamyonbop narxlarda sotib oliş mumkin.

30 iyul kuni bölib ötgan oçiliş marosimida yurtdoşlarimiz savdo majmuasining şaroitlari, narx-navosi bilan batafsil tanişişdi.

Konsert şaklida ötgan oçiliş marosimida, dastlab, oziq-ovqat mahsulotlari bilan töldirilgan 5 ta “Oltin aravaça” yutuqli öyini ötkazildi.

Öyinda ğolib bölgan 5 nafar yurtdoşimizning har biriga mana şu mahsulotlardan berilgaç, barça mehmonlar birin-ketin bozor rastalari tomon yöl olişdi. Aytiş lozim, u yerda yaratilgan şaroit, mahsulotlar sifati hamda narxlari köpçilikka manzur keldi.

Xaridorlardan birining aytişiça, issiq havoda salqin joyda bozorlik qiliş qulay. “Tozaligi, hamma mahsulotlari tartib bilan joylaştirilgani juda yoqdi”, – deydi u.

“Bir aylanib çiqişda ança katta bozorlik qildik, uzum, tuxum oldik. Narxlari könglimizdagidek, hamma narsasi yoqdi. Bu safar özimiz keldik, keyingisida farzandlarimizni yuboramiz”, – deya qayd etadi yana bir yurtdoşimiz.