Iş şu köçadagi 7-uy röparasida joylaşgan 7 dona eman daraxtining tomir qismi oçilişi natijasida ularga şikast yetkazilgani holati yuzasidan, Jinoyat kodeksining 198-moddasi 3-qismi asosida oçilgan. Bu haqda Çilonzor tumuni prokurori örinbosari Saidahror Abdurahmonov Kun.uz'ga ma’lum qildi.
Abdurahmonovning aytişiça, zudlik bilan çora körilmagan taqdirda daraxtlar qurişi va tabiatga 348,9 mln sömlik zarar yetişi mumkinligi soha mutaxassislari tomonidan aniqlangan.
JKning 198-moddasi 3-qismi – ekinzorlarni, örmonlarni, daraxtlarni yoki boşqa ösimliklarni qasddan şikastlantiriş, payhon qiliş, nobud qiliş köp miqdorda zarar yetkazilişiga sabab bölişini nazarda tutadi.

Bu jinoyat uçun 150–200 BHM (45–60 mln söm) jarima yoki 300 soatdan 360 soatgaça majburiy jamoat işlari yoki 2 yildan 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari yoxud 1 yildan 3 yilgaça ozodlikni çeklaş yoki 3 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.
Yetkazilgan moddiy zarar (348,9 mln söm)ning örni 3 karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikni çeklaş va ozodlikdan mahrum qiliş tariqasidagi jazo qöllanilmaydi.

















