Kun.uz muxbiri holatni örgandi.

Respublika şoşilinç tibbiy yordam markazi Farğona filiali Kombustiologiya bölimi boşliği Davlatbek Oripovning ta’kidlaşiça, bemorning holati oğir.

 Davlatbek Oripov

“Bemor Sanobarxon Haydarova 2 avgust kuni Şoşilinç tez tibbiy ilmiy markazi Farğona filiali Qabul diagnostika bölimiga olib kelindi. Bemor reanimatsiya bölimiga olinib mutaxassislar tomonidan zaruriy muolajalar qilindi. Holati stabillaşgandan keyin davolanişni davom ettiriş uçun Kombustiologiya bölimiga olindi.

Bemorning hozirgi kundagi holati oğir. Alangadan tananing II-III A,V daraja 60 foiz termik kuyiş taşxisi qöyilib, davolaş standart böyiça olib borilmoqda,”– deydi davolovçi şifokor.

Kun.uz muxbiri bemorning yaqinlari yordamida Sanobarxon Haydarovadan ham izoh olişga muvaffaq böldi. Bemorning diktofonga yozib olingan ovozidan uning bazör gapirayotganini biliş mumkin. Ayol zavod kadrlar bölimiga işdan böşatişsa özini yoqib yuborişidan ogohlantirgani, keyin boşqa bölimga ötkazişgani haqida gapiradi.

 Şifoxonada bölib turgan Sanobarxon Haydarovaning qaynukasi Solişer Sarimsoqov hodisa sabablari haqida öziga ma’lum bölganlarini quyidagiça sözladi:

Solişer Sarimsoqov

“Bir kun avval Sanobar opamga zavoddagi xodimlar bölimida işlovçi Feruza ismli şaxs ariza yozing, iş örni ham yöq “sokraşeniya”ga tuşdingiz debdi. Unga javoban opam uyda boquvçimiz yöq, turmuş örtoğim Rossiyadan qaytgan, iş topa olmay qiynalyapti, 4 nafar qizim bor deb tuşuntirgan. Xodimlar bölimi mas’uli şundan keyin ham iş örni yöqligini yana ta’kidlagan. Şundan keyin zavodning “oxrana” bölimida işlovçi yigitlari Sanobar opamni taşqariga olib çiqib qöyibdi.

Holatda asabiylaşgan opam: “Agar zavodda iş topilmasa, özimni özim yoqib yuboraman”, degan ekan. “Otdelkadr”da işlovçi opalar bunga javoban qölingdan kelganini qilaver deyişgan.