Tadbir Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi va Central Asia Distribution kömagida IT-park, Cisco va Beeline Uzbekistan tomonidan taşkil etiladi.
Tadbir mamlakat yoşlarining axborot xavfsizligiga qiziqişini oşiriş, uşbu yönaliş böyiça könikma va salohiyatni şakllantirişga qaratilgan.
Turnir dasturi bir kunga möljallangan bölib, 4 ta laboratoriya işlarini öz içiga oladi. Iştirok etiş şartlari:
- jamoa ikki kişidan iborat bölişi kerak;
- guruh a’zolaridan biri «ulaniş nuqtasi» funksiyasi va efir diapazonini boşqariş imkoniyati mavjud Android telefoniga ega bölişi tavsiya etiladi;
- Ubuntu virtual maşinasi örnatilgan noutbuk (18.10 versiyasidan boşlab ulab oliş va inʼeksiya qiliş uçun mos Wi-Fi adapteri bilan);
- taşqi adapterni ulaş uçun USB portli noutbuk.
Musobaqa yakunida iştirokçilar qimmatbaho sovğalar (texnika) bilan taqdirlanadi. Hujjatlar 7 avgustgaça qabul qilinadi, iştirokçilar saralaş bosqiçidan ötiş uçun arizani töldirişda test sinovidan ötkaziladi.

















