“Hududlarda yölovçi taşiş tizimini yanada rivojlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident qarori loyihasi e’lon qilindi.

Transport vazirligi 1 fevral kunini “Özbekiston transport sohasi xodimlari kuni” etib belgilaş töğrisidagi qonun loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

2022-2026 yillarda avtovokzal va avtostansiyalarni quriş va rekonstruksiya qiliş dasturi töliq tadbirkorlik sub’yektlarini jalb qilgan holda amalga oşiriladi.

Bunda, dastur doirasida yangi quriladigan avtostansiyalar joylaştiriladigan yer maydonlari elektron onlayn auksion savdolari orqali tadbirkorlik sub’yektlariga biriktirib beriladi.

Quriliş vazirligi Transport vazirligi, Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi va viloyat hokimliklari bilan birgalikda dastur doirasida avtostansiya mavjud bölmagan tumanlarda (şahar) 52 ta yangi avtostansiya quriş uçun yölovçilarga qulay manzillardan yer maydonlari röyxatini şakllantirib, tasdiqlaş uçun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Transport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda taşuvçilar faoliyati samaradorligi hamda natijadorligini oşiriş, ular örtasida soğlom raqobat muhitini şakllantiriş, avtomobilda taşuvlar sifatini yaxşilaş maqsadida taşuvçilar reytingini hisoblaş va yuritiş tartibini tasdiqlaş böyiça hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Moliya vazirligi Davlat soliq qömitasi bilan birgalikda asosiy faoliyati avtobuslarda yölovçi taşişni amalga oşiriş bölgan tadbirkorlik sub’yektlari avtovokzal va avtostansiyalar egallagan yer maydonlari böyiça hisoblangan yer soliği va uşbu obektlar uçun hisoblangan mol-mulk soliği 1 foizi miqdorida tölov amalga oşirişini nazarda tutuvçi “Soliq kodeksiga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.