Qaşqadaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 12 avgust kuni soat 1:30 larda Çiroqçi tumani “Galabek” MFYda yaşovçi H.O. qöşni qişloqqa borganida fuqarolar A.M. va Q.M. bilan janjallaşib qolgan. Janjal davomida fuqarolar A.M. va Q.M. 22 yoşli H.O. ni urib, unga oğir tan jarohatlari yetkazgan.
Oqibatda, jabrlanuvçi H.O. Çiroqçi tumani tibbiyot birlaşmasiga qaraşli şifoxonasiga yotqizilgan. Şifokorlar tomonidan körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay yigit olgan tan jarohatlari sababli vafot etgan.
Qayd etilişiça, holat yuzasidan 2022 yil 12 avgust kuni Çiroqçi tuman IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan jinoyat işi qözğatilgan. Fuqarolar A.M. va Q.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan ayblov e’lon qilinib, ular Jinoyat prosesual kodeksining 221-moddasi tartibida uşlangan.
Avvalroq, 23 yoşli yigitning jasadi Qarşi magistral kanalidan topilgan. Marhumning yaqinlari yigit bir guruh şaxslar tomonidan döpposlanib, kanalga taşlab yuborilganini aytgandi.
















