2022 yil 7 mart kuni imzolangan prezident farmoni asosida, 2022/23 öquv yilidan boşlab davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqiçida öqiyotgan barça xotin-qizlarning kontrakt tölovlarini davlat budjetidan qoplaş belgilangan edi.

Bu yangilikni amalga joriy etiş tartibini belgilovçi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unga köra, davlat OTMlarining magistratura bosqiçiga öqişga qabul qilingan va öqiyotgan xotin-qizlarga bazaviy tölov-kontrakt (stipendiyasiz) summalari töliq tölab beriladi.

Buning uçun talabgorlar özlari ta’lim oladigan OTM rektori (filial direktori) nomiga 15 sentabriga qadar ariza bilan murojaat qilişi kerak. Şu asosda rektorlar (filial direktorlari) har yili 15 oktyabrgaça tegişli buyruqni qabul qiladi.

Ma’lum qilinişiça, 15 sentabrdan keyin berilgan arizalar körib çiqilmaydi va tölov-kontrakt summalari qoplab berilmaydi.

Bu tartib davlat oliygohlari bilan birga, quyidagilarga nisbatan ham tatbiq etiladi:

  • Prezident huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasi;
  • Boş prokuratura Akademiyasi;
  • Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi;
  • Bank-moliya akademiyasi.

Bu tartib nodavlat OTMlar va xorijiy OTMlarning Özbekistondagi filiallarida magistratura bosqiçida tahsil olayotgan talaba xotin-qizlarga nisbatan tadbiq etilmaydi.