
Jidda şahrida (Saudiya Arabistoni) davlat rahbari taşrifi arafasida Özbekiston boş vaziri örinbosari – investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Jamşid Xöjayevning Islom hamkorlik taşkiloti (IHT) boş kotibi Hisseyn Braxim Taha bilan uçraşuvi bölib ötdi.
Orol dengizi qurişi oqibatlarini bartaraf etiş va mamlakat aholisi toza içimlik suvidan foydalaniş imkoniyatini kengaytiriş çoralarini nazarda tutgan holda, atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasida aniq loyihalarni amalga oşiriş istiqbollari muhokama qilindi. Uşbu yönalişlarda mavjud tajriba va ilğor texnologiyalar bilan tizimli ravişda almaşiş böyiça kelişuvga erişildi.
Tomonlar Özbekistonning taşkilotga a’zo davlatlar bilan transport-logistika munosabatlarini rivojlantiriş borasida yangi taşabbuslarni işlab çiqiş böyiça sa’y-harakatlarni birlaştiriş zarurligi töğrisida kelişib oldi.
Uçraşuvda IHT va Özbekiston örtasidagi hamkorlikni kengaytirişga qaratilgan amaliy hamkorlikni faollaştiriş böyiça kelişuvga erişildi. Tomonlar "Xiva – IHT 2024 sayyohlik poytaxti" tadbirlarini taşkil etiş doirasida hamkorlik töğrisidagi bitim yuzasidan kelişiş va tasdiqlaşni tezlaştirişga kelişib oldi.
















