Toliblar kelganiga bir yil böldi: Afğonistonliklar endi qanday yaşamoqda?
|02:45 / 17.08.202286 33019 min
Bir yil muqaddam 20 yillik janglardan keyin Ğarb koalitsiyasi öz harbiylarini Afğonistondan olib çiqdi. Toliblar birin-ketin barça viloyatlar va şaharlarni egallab olib, yana hokimiyatga qaytişdi. Xorijiy harbiylar bilan birga mamlakatni toliblar qaytişidan qörqqan ön minglab afğonlar ham tark etişdi. Afğonistonda qolganlarning hayoti ötgan 12 oy içida qanday özgardi?
Köprik ustidagi tolib jangçisi. Foto: Ali Khara / Reuters / Scanpix / LETAKöprik ustidagi tolib jangçisi. Foto: Ali Khara / Reuters / Scanpix / LETA
Bir yil muqaddam mamlakatdan çiqib ketişga oşiqqan minglab odamlar bilan tölib-toşgan Kobul aeroporti hozirda ança sokin. Taşrif buyuruvçilarni qora burqaga örangan ayollar qarşi olişadi va pasportlariga muhr bosişadi.
Odamlar suratlari aks etgan reklama bilbordlari böyab taşlangan, şamolda «Tolibon»ning oq bayroqlari hilpiraydi.
Toliblar 1996 yildan 2001 yilga qadar ham mamlakatning katta qismida hukmronlik qilişgan. Öşanda Afğonistonda qat’iy şariat qonunlari örnatilgandi: öğrilik uçun qöl yoki oyoq kesilgan, qizlarga maktabda öqiş, ayollarga işlaş taqiqlangandi. An’anaviy bölmagan kiyimlarda yurişga (masalan, jinsida) ruxsat berilmagan. Toliblar bu safargi hokimiyatga kelişida ham «islom qadriyatlari»ni saqlab qolişni, ammo qator masalalarga ança yumşoqlik va moslaşuvçanlik bilan yondaşuvni va’da qilişgandi. Ular öz sözlarida turişdimi?
Oçlik va iqtisodiyotning qulaşi
Foto: AFP
Afğoniston budjeti 2022 yilda 2020 yil bilan taqqoslaganda 60 foizga qisqargan. Toliblar hokimiyatga kelguniga qadar davlat xarajatlarining taxminan 75 foizi xorijiy grantlar va insonparvarlik yordamlari hisobidan qoplanardi. Endi bunday dasturlarning katta qismi yopilgan, aksar qismi AQŞda bölgan Afğoniston markaziy banki zaxiralari esa muzlatib qöyilgan. Bu afğon iqtisodiyoti va bank tizimi deyarli barbod bölişiga olib keldi.
Axios ma’lumotiga köra, 2022 yilda asosiy tovarlar narxi 52 foizga ösgan, aholining örtaça daromadi esa sönggi 10 yillikdagi minimal darajaga tuşgan — yillik kişi boşiga 375 dollargaça. BMT hisoblaşiça, 2022 yil mobaynida işsizlik darajasi 40 foizga yetişi (2021 yilda bu körsatkiç 13 foizni taşkil etgandi), aholining 97 foizi qaşşoq holatga tuşişi mumkin.
«Tolibon» bloklangan mablağlar qaytarilişini talab etmoqda, ammo Vaşingtondagilar bunga faqatgina toliblarning sanksiyalarga uçragan yetakçilari Markaziy bank rahbariyatidagi lavozimlaridan iste’foga çiqsagina rozi böladi.
Hozirça tomonlar muzokaralar olib bormoqda, Afğonistonda esa işsizlik ösişda, eng muhim tovarlar narxi kötarilişda davom etmoqda. BMT baholariga köra, taxminan 25 million afğon - ya’ni mamlakat aholisining yarmidan köp qismi - ayni vaqtda qaşşoqlikda yaşamoqda. Ikki milliondan ortiq bola töyib ovqatlanmaslikdan aziyat çekadi.
«Onam kasal, uni operatsiya qiliş kerak, ammo şifokorga borişga ham, dori-darmon olişga ham qurbimiz yetmaydi. Agar biz tabletkalar sotib olsak, butun oilamiz ovqatsiz qoladi. Men onamning soğligi va bolalarimning soğligi orasida qanday tanlov qilişni bilmayman. Biz juda noçor ahvoldamiz», degan Omina ismli yoş afğon ayoli.
Mavzuga oid
Har oyda şifoxonalarga ön minglab afğon bolalari töyib ovqatlanmaslik oqibatidagi muammolar bilan kelişadi. Mamlakatning çekka hududlarida bolalar şunçaki oçlikdan ölib ketişmoqda. Ayrim afğon oilalari boşqa bolalarini boqiş uçun özlarining yangi tuğilgan çaqaloqlarini sotişga majbur böladi.
Inqirozni qurğoqçilik, hosil pastligi va 2022 yil iyunida röy bergan kuçli zilzila oğirlaştirdi. Öşanda Afğonistonning janubi-şarqida 5,9 balli zilzila röy berişi oqibatida kamida 1150 kişi ofat qurboniga aylandi. BMT ma’lumotiga köra, önlab aholi punktlari töliq yoki qisman vayron bölgan. Mablağ yetişmovçiligi qidiruv-qutqaruv amaliyotlarini yetarli darajada ötkazişga tösqinlik qildi.
«Tolibon» vertolyoti zilziladan keyin insonparvarlik yordami yetkazib bermoqda. 2022 yil 23 iyun.
Ali Khara / Reuters / Scanpix / LETA
Qizil Xoç jamiyatiga köra, afğon oilalarining 70 foizi asosiy oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlariga bölgan talabini qondira olmaydi. Bu ayniqsa boquvçisi beva ayol, keksa kişilar yoki nogironlar bölgan oilalarga taalluqlidir.
«Toliblarning maqomi yoki boşqa mamlakatlar hukumatlarining ularga işonçi qandayligidan qat’i nazar, xalqaro iqtisodiy çeklovlar afğon xalqiga zarar yetkazişda va mamlakatni halokatga yetaklaşda davom etmoqda», deya qayd etadi Human Righs Watch vakili Jon Sifton.
«Biz barçamiz zulmat va baxtsizlik tomon ketmoqdamiz. Odamlarda kelajak yöq», deydi janubi-şarqdagi Ğazni viloyatidan bölgan şifokor Omina Arizo.
Toliblar hokimiyatga kelişidan buyon Afğoniston iqtisodiyoti taxminan 30-40 foizga qisqargan. Mamlakatda mehnat bozori tez sur’atlar bilan qisqarmoqda.
«Bu yil qurğoqçilik tufayli ğalla hosili ança past böldi. Ammo bu men topişim mumkin bölgan yagona iş. Men elektrotexnika böyiça tahsil olganman, ammo oilamni boqiş uçun öqişni taşlaşimga töğri keldi», deydi 18 yoşli Nur Muhammad. U kuniga ikki dollar miqdoridagi haq evaziga boşoq teradi.
«Men Eronga yetib oliş uçun mototsiklimni sotgandim, ammo iş topa olmadim», deydi boşqa bir işçi Ahmad.
Avvallari qöşni Erondagi mavsumiy işlar Afğonistonning qaşşoq hududlari aholisi uçun katta madad bölgan. Ammo endi Eronda ham iş yöq.
«Biz tolib birodarlarimizga yaxşi munosabatdamiz. Ammo bizga işlaş imkoniyatini taqdim etuvçi hukumat kerak. Qaşşoqlik va oçlikka qarşi kuraş ham muhim vazifa, bu otişmalardan ham muhimroq», deydi Nur.
Harbiy harakatlar va xavfsizlik
«Tolibon» jangçilari Özbekiston bilan çegarani qöriqlamoqda. Foto: AFP
Toliblar Afğonistonning barça viloyatlarida nazorat örnatib, Ğarb mamlakatlari öz qöşinlarini olib ketgaç, mamlakat hududida harbiy harakatlar amalda yakunlangan.
«Umuman olganda, sönggi bir yil içida Afğonistondagi zöravonlik darajasi va harbiy harakatlar natijasida halok bölganlar soni sezilarli darajada kamaydi. Birinçidan, bu avval toliblar AQŞ va NATO kuçlari tomonidan qöllab-quvvatlangan Afğoniston hukumati kuçlariga qarşi xudkuşlar hujumlari, avtomobillar va yöl böylariga örnatilgan qölbola bombalarni portlatişni ham öz içiga oluvçi taktika orqali kuraşgan. Bularning bari esa tinç aholi orasida köplab qurbonlarga olib kelgan. Boşqa tomondan, hukumat kuçlari «Tolibon» harakatiga qarşi havo zarbalari orqali kuraş olib borgan va bu ham tez-tez oddiy odamlar qurbon bölişiga sabab bölgan. Hozirda bunday qarama-qarşilik yöq», deydi BBC afğon xizmati muharriri, professor Dovud A’zamiy.
Muqaddam amalda front çiziğida yaşagan köplab kişilar, ayniqsa Afğoniston şarqi va janubidagi aholi vakillari toliblarning ötgan yilgi ğalabasini olqişlaşdi, çunki bu vayronkor harbiy harakatlar intiho topganini anglatardi. Bu viloyatlarda asosan «Tolibon»ning ultra-konservativ qaraşlarini qöllovçi puştunlar yaşagan.
Ammo odamlar halok bölişi baribir davom etmoqda. BMT ma’lumotiga köra, 2021 yil avgustidan 2021 yil iyun oyi oxiriga qadar Afğonistonda tinç aholi vakillari bölgan 700 dan ortiq kişi halok bölib, 1400 dan ortiq kişi yaralangan.
Bu ölimlarning 50 foizdan ortiği IŞIDning Afğonistondagi tarmoği harakatlari bilan boğliq. Bu guruh terrorçilari köp hollarda şialar yoki boşqa diniy ozçilik vakillari yaşovçi hududlarda hujumlar uyuştirişgan.
«IŞID jangçilari çindan ham Afğonistonda faollaşgan. Ammo bu guruh «Tolibon»dan ança kuçsiz va kiçikroq», deya qayd etadi A’zamiy.
Afğoniston şimolida vaqti-vaqti bilan jangovar harakatlar avj olib turadi - bu yerda avvalgi hukumatga aloqador bölgan kuçlar hamda Ahmad Mas’ud qöşini toliblar bilan töqnaşuvga kirişadi. Ammo bunday töqnaşuvlar kölami ötgan yildagi bilan soliştirganda bir neça bor kamaygan.
«Ammo yodda tutiş kerakki, ayni vaqtda Afğonistonda zöravonlik boşqa şaklda davom etmoqda. Masalan, butun mamlakat böylab «Tolibon» harakatining tanqidçilari qölga olinib, qiynoqlarga solinmoqda», deya qayd etadi BBC’ning Afğonistondagi muxbiri Sekunder Kirmoniy.
2021 yil avgustidan 2022 yil iyuniga qadar mamlakatda sobiq afğon mulozimlari va harbiylari sudsiz qatl etilişi bilan boğliq 160 holat röy bergan.
BMT mutaxassislari baholaşiça, Afğonistondagi vaziyat vaqt ötgan sayin oldindan aytib bölmaydigan darajaga çiqib bormoqda. Toliblar hokimiyatga kelgan ilk oylarda amalda yöq bölib qolgan köça jinoyatlari endilikda yana ösa boşladi. Bu qisman millionlab odamlar qaşşoqlanişi va oçarçilikka mahkum bölgani bilan boğliq.
Ayollar huquqlari
Kobulda hukumat ruxsatisiz faoliyat körsatayotgan maktabda afğon qizlari uçun dars jarayoni. 2022 yil 30 iyul
Ebrahim Noroozi / AP / Scanpix / LETA
Ötgan yili toliblar ayollar huquqlari «afğon normalari va islom qadriyatlariga mos ravişda» hurmat qilinişiga va’da berişgandi. Ammo yakunda mamlakatda ayollar uçun yana çeklovlar joriy etildi va ularning soni kun sayin oşa boşladi.
Toliblar hokimiyatga kelişidan köp vaqt ötmay e’lon qilingan hukumatdan birorta ayol örin olmadi, ayollar işlari böyiça vazirlik tugatilib, uning örniga islom qonunlarini tatbiq etiş bilan şuğullanuvçi vazirlik tuzildi.
Hozirda ayollarga mahramisiz jamoat joyida yoki özi yaşayotgan şahardan taşqariga çiqiş taqiqlangan. Şu yilning mayidan ayollar jamoat joyida hijobda bölişi va yuzini yopib yurişi majburiy qilindi. Bu talabni bajarmaganlarning otasi yoki erkak jinsidagi yaqin qarindoşi qölga olinib, qamoqqa taşlanişiga sabab bölişi mumkin.
«Men şifokorlikka öqiyotgandim va bu yil bitirişim kerak edi. Ammo toliblar kelgaç, meni majburlab erga berişdi va endi erim menga uydan çiqişni ham taqiqlagan. Butun hayotim qiyalik ostiga tuşdi. Men homiladorman, erimning oilasi men juda köp farzand tuğib berişimni istaydi. Ammo men faqat bitta narsani - barçasi tezroq yakunlanişini istayman. Men qoçib ketişni orzu qilaman, ammo bu deyarli imkonsiz iş. Sönggi vaqtlarda öliş haqida öylay boşladim. Men ortiq bunday yaşay olmayman, bunga çidab bölmaydi», deya yiğlaydi 24 yoşli Oyşa.
Ota-onasi avval uning ta’lim oliş va işlaş istagini qöllab-quvvatlaşgan, ammo toliblar hokimiyatga kelgaç, otasi Oyşaga yordam berişni töxtatgan. U bir safar erining kaltaklaşlaridan qoçib ota-onasining uyiga kelganida, otasi uni qaytarib yuborgan.
Bir yil muqaddam toliblar qizlar öqişni davom ettirişiga ruxsat berişni va’da qilgandi, ammo yakunda bu faqat qisman bajarildi. Ayni vaqtda faqat boşlanğiç sinf öquvçilari bölgan qizlar maktabga qatnaşi mumkin (tört yillik ta’lim). Şu bilan birga, maktab dasturi özgartirilgan, endi qizlar köproq vaqtini islomni örganişga ajratişadi.
BMT ma’lumotlariga köra, 1,1 million qiz maktab ta’limini davom ettiriş huquqidan mahrum bölgan. «Tolibon» rahbariyati ayol öqituvçilar yetişmasligi va qizlar uçun alohida sinfxonalar taşkil qiliş zaruratini sabab sifatida keltiradi, ammo bunday izoh barçani ham işontira olmaydi.
Ayollarga rasman boşlanğiç maktablarda işlaşga ruxsat berilgan, ammo ularning köp qismiga iqtisodiyotdagi muammolar bahona qilinib, maoş tölaş töxtatilgan.
Ötgan yil noyabrida Fazilat va nuqsonlar vazirligi aktrisalar iştirokidagi filmlarni taqiqlagan va telekanallarda yangiliklar boşlovçilariga «islomça hijob» öraş şartini joriy etgandi.
Amnesty International hisobotiga köra, toliblar hokimiyatga kelgaç Afğonistonda bolalarni erga beriş yoki qizlarni juda barvaqt va majburan uzatiş holatlari soni köpaygan.
Kobuldagi ommaviy nikoh marosimi vaqtidagi kelinlar. 2022 yil 13 iyun
Sahel Arman / AFP / Scanpix / LETA
Sönggi yillarda toliblar tomonidan qöllangan çeklovlar tufayli Afğonistonda işlovçi ayollar uluşi 22 foizdan 15 foizgaça tuşib ketdi.
«Toliblar siyosati qisqa fursat içida köplab ayollar va qizlarni amalda uydagi asiralarga aylantirib qöydi, bu mamlakatni eng qimmatli resurslardan biri - mamlakat aholisining bir qismining könikmalari va iste’dodlaridan mahrum qildi», deya qayd etadi Human Righs Watch direktorining ayollar huquqlari böyiça örinbosari Hezer Barr.
«Afğonistondagi ayollar va qizlar uçun inqiroz çuqurlaşişda davom etmoqda va buning oxiri körinmaydi», deya qöşimça qiladi u.
2021 yilda köknori yetiştiriş hajmi yana oşa boşladi. Foto: Getty Images
Toliblar avvalgi safar, 1990-yillarda hokimiyatga kelganida köknori yetiştirişga qarşi ma’lum darajada kuraşişgan.
Bunday siyosat bugungi kunda ham davom ettirilmoqda: şu yil aprelida toliblar yana köknori yetiştirişni taqiqlaşdi.
Bu qançalik muvaffaqiyatli keçayotganiga baho beriş muşkul. Ammo Hilmand viloyatining ayrim tumanlaridan kelgan xabarlarga köra, toliblar çindan ham avvalgi yillarda oçiqçasiga köknor yetiştirib kelgan hududlarda fermerlarni hosilni yöq qilişga majburlamoqda.
AQŞning iyul oyidagi hisobotida qayd etilişiça, toliblar fermerlar va giyohvandfuruşlarning qöllab-quvvatlovini yöqotişlari tayin bölsa-da, ortga çekinmoqçi emas.
Ammo, Afğoniston narkoiqtisodiyoti böyiça ekspert, doktor Devid Mensfildning qayd etişiça, taqiq joriy etilgan vaqtga kelib köknori hosilining katta qismi yiğib olingandi.
«Afğoniston janubi-ğarbida ikkinçi [kuzgi] hosil, qoidaga köra, katta emas […] şu tufayli uning yöq qilinişi […] mavjud vaziyatga sezilarli ta’sir körsatmaydi», deydi Mensfild.
Yana şuni qayd etiş kerakki, toliblar yovvoyi tabiatda ösuvçi efedradan kristall metamfetin tayyorlaşni ham taqiqlagan bölsa-da, bu kabi giyohvand moddalar işlab çiqarilişi ösib bormoqda.
OAV, söz erkinligi va ozçiliklar huquqi
Toliblar özga fikrlovçilarni böğiş maqsadida söz erkinligiga qat’iy çeklovlar örnatdi. 2021 yil sentabrida toliblarning axborot va madaniyat vazirligi OAV faoliyati uçun yangi qoidalarni e’lon qilgandi. Ammo ular juda noaniq ifodalangandi.
Masalan, jurnalistlarga «islomga zid keluvçi», şuningdek, «milliy arboblarni haqorat qiluvçi»materiallarni e’lon qiliş yoki translatsiya qiliş taqiqlanadi. Boşqa bir qoidada esa «efir vaqtida yoki naşr qilişda rasmiy şaxslar tomonidan tasdiqlanmagan masalalarda ehtiyotkorlik bilan yondaşiş» zarurligi aytiladi. Ammo bu aynan nimani anglatişiga aniqlik kiritilmagan. Yakunda önlab jurnalistlar hibs qilinadi.
Afğoniston jurnalistlari federatsiyasiga köra, ötgan yili mamlakatdagi 544 ta ommaviy axborot vositasidan 218 tasi faoliyatini tugatgan, OAVning 7000 xodimi işsiz qolgan - şundan 75 foizi ayol jurnalistlar (toliblar kelguniga qadar bu sohada 12 ming kişi işlagan).
«Afğonistonda işlovçi xorijlik jurnalistlar ma’lum darajada imtiyozli holatda - toliblar ularga afğonistonlik hamkasblariga nisbatan yumşoqroq munosabatda bölişadi. Natijada biz, xavfsizlik darajasi yaxşilangan şaroitda mamlakat böylab avvalgiga qaraganda köproq vaqt sayohat qilişimiz mumkin. Şunga qaramay, biz toliblarning xorij naşrlariga nisbatan ham pozitsiyasi keskinlaşayotganini körib turibmiz», deya qayd etgan BBC muxbiri Sekunder Kirmoniy.
Afğonistonda namoyişlarga çiqqanlar ham bosim va ta’qiblarga uçragan. 2021 yil avgustida bir neça şaharda afğon ayollari huquqlarini buzuvçi siyosatga qarşi namoyişlar bölib ötgan. Toliblar bunga javoban ularga kuç işlatgan va namoyişçilarni tarqatiş uçun öt oçgan.
Keyinroq «Tolibon» oldindan IIV bilan kelişilmagan holda aksiyalar ötkazişni taqiqladi, ammo ayrim faollar köçalarga norozilik bildirib çiqişda davom etişdi.
Diniy va etnik ozçiliklar vakillari ham ulkan muammolarni boşdan keçirişmoqda. Xususan, ötgan yili Daykundi viloyatida toliblar kamida 13 nafar hazoriyni öldirişgan, jumladan taslim bölişga qaror qilgan töqqiz nafar sobiq hukumat harbiylari va 17 yoşli qizni. Bu «Tolibon» hokimiyatga kelişidan taxminan ikki hafta ötib sodir böladi. Hazoriylar - etnik ozçilik bölib, islomning şia mazhabiga e’tiqod qiladi - ular azaldan puştunlar tomonidan diskriminatsiyaga uçrab keladi, ammo sönggi yilda ularning jamoatiga hujumlar soni ortdi.
«Al-Qoida» bilan aloqalar
Foto: HAROON SABAWOON/ANADOLU AGENCY VIA GETTY IMAGES
Toliblarning yuqori martabali rasmiysi BBC uçun intervyusida toliblar «Al-Qoida» terrorçi taşkiloti bilan qandaydir aloqaga egaligi haqidagi ma’lumotni rad etgandi. Uning sözlariga köra, «Al-Qoida» jangarilari mamlakatni allaqaçon tark etgan.
U toliblar «Al-Qoida» rahbari Ayman az-Zavohiriy Kobulda yaşab kelganidan faqat avgust oyi boşida, u AQŞ maxsus amaliyoti natijasida yöq qilinganidan keyin xabardor bölganini aytgan va toliblar Zavohiriy bilan «heç qanday aloqada bölmagani»ni ta’kidlagan.
Uning sözlariga köra, toliblar az-Zavohiriyning ölimini tekşiriş uçun qömita şakllantirişgan.
«Afğon zaminidan AQŞ yoki boşqa qaysidir mamlakatga qarşi foydalanilmaydi. Zavohiriy bu yerda yaşirinib yurgani - alohida tarix, ammo guruh bu yerga kiritilmagan. Agar bu yerda qandaydir faollik kuzatilganida biz bu haqda bilgan bölardik», degan toliblar vakili.
Foto: Getty Images
Ammo BMT Xavfsizlik kengaşidagilarning işonçi komilki, 2020 yilda AQŞ bilan muzokaralar vaqtida toliblar doimiy ravişda «Al-Qoida» bilan maslahatlaşib turgani va jangarilarni bundan keyin ham ikki guruh örtasidagi tarixiy aloqalarni hurmat qilişda davom etişiga işontirgan.
Toliblar va «Al-Qoida» örtasidagi aloqa boşqa bir terrorçi guruh - «Tolibon»ning eski ittifoqçisi hisoblangan «Haqqoniy» tarmoği orqali örnatilgan, bu guruh 1990-yillarda toliblar hukumatidagi yuqori lavozimlarni egallagandi. Öşa yillardan boşlab bu munosabatlar faqat kuçayib kelgan.
Markaziy razvedka boşqarmasining nafaqadagi tahlilçisi Geyl Xeltning fikriça, yaqin yillarda Afğonistondagi vaziyat nisbatan tinç bölib turadi, ammo yakunda bunday vaziyat aldamçi bölib çiqişi ehtimoli yuqori.
«Muammo şundaki, bir neça yildan keyin - aytaylik, beş yoki yetti yildan keyin - şartli 2001 yil kelmaydimi? Men «Tolibon» davrida Afğonistonda butunlay tinçlik hukm suradi deb öylamayman. Içkarida doimiy qarama-qarşilik keçadi. Va bu beqarorlik toliblarga qarşi çiqmoqçi bölgan guruhlarda imkoniyat hosil qilişi mumkin», deydi Helt.