Joriy yilning 16 avgust kuni “Yuksalish” umummilliy harakati tashabbusi bilan o‘tkzilgan onlayn konferensiyada milliy va xalqaro ekspertlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilishi taklif etilgan o‘zgarishlar va bunda aynan qaysi jihatlar inobatga olinishi muhimligi borasida fikr almashdi.

Tadbirda mas’ul vazirlik va idoralar vakillari, tahlil markazlaridan tashqari AQSh, Sloveniya, Shvetsiya kabi davlatlardan xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.

Mamlakatimizda davom etayotgan konstitutsiyaviy islohotlarda bundan buyon davlat siyosatining diqqat markazida inson, uning huquq va manfaatlari, sha’ni va qadr-qimmati bo‘lishi nazarda tutilgan. Shu bilan birga, Konstitutsiyani davlatchilik taraqqiyotining bugungi tendensiyalari va dunyodagi siyosiy vaziyatdan kelib chiqqan holda uyg‘unlashtirish zarurati paydo bo‘lgan. Konstitutsiyaviy islohotning xususiyatlari to‘g‘risidagi masalani nafaqat vatandoshlarimiz, balki xalqaro miqyosda ham yuqori malakali ekspertlar va xalqaro hamjamiyat ishtirokida muhokama qilish muhim sanaladi.

— Bugun xalqaro hamjamiyat O‘zbekiston boshlagan islohotlarini kelgusida qay tarzda davom ettirishiga qiziqmoqda, - deydi “Yuksalish” umummilliy harakati raisi Bobur Bekmurodov. — Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi ularni qiziqtirgan savollariga javob bo‘la oladi va O‘zbekiston yana ildam qadam tashlab, islohotlardan to‘xtamasligini ko‘rsatadi. Xorijiy ekspertlar bilan uchrashuvimizdan maqsad-muddao ham shu, ularga mamlakatimiz ortga qaytmas yo‘lni tanlaganini bildirish. Shuningdek, ekspertlar inson huquqlarini ta’minlash, advokatura, sud tizimini isloh qilish masalalarining ko‘pi Qonun loyihasida aks etganini e’tirof etishmoqda, qo‘shimcha takliflarni ham bildirishmoqda.

Konferensiyada ishtirok etgan AQShning Berkli yuridik instituti direktori Jyeremi Fogel mamlakat konstitutsiyasining ko‘plab fuqarolik huquqiga ega boshqa davlatlar konstitutsiyasidan farqli va o‘ziga xos jihatlari haqida gapirdi.

— O‘zbekiston Konstitutsiyasida 100 dan ortiq, AQSh Konstitutsiyasida esa 7 ta modda bor. Biz unga hukumat,  ijro etuvchi qonunchilik va sud hokimiyatlarining vazifalari aks etgan ish rejasi sifatida qaraymiz. Barcha davlatlar Bosh Qonunida fuqarolik jamiyatining huquq va majburiyatlari belgilanmagan. Mamlakatingizda yangidan qabul qilinishi kutilayotgan konstitutsiyaviy Qonun loyihasida bu jihatlar aks etmoqda. Birinchi qadam qo‘yildi, maqsadlar belgilandi, endi Konstitutsiyaning ijrosini to‘liq ta’minlash nihoyatda muhim