Germaniya kansleri Olaf Şolsning Kanadaga taşrifi çoğida Germaniya va Kanada 22 avgust, duşanba kuni energetika sohasida yaqin hamkorlik töğrisida kelişib oldi hamda Ukrainaga Rossiya harbiy bosqiniga qarşi kuraşda köproq yordam qilişga va’da berdi.
Şolsning Germaniya vitse-kansleri va iqtisodiyot vaziri Robert Xabek hamda işbilarmon doiralar vakillaridan iborat katta delegatsiya hamrohligidagi uç kunlik safari asosiy maqsadlaridan biri - Kanada bilan iqtisodiy aloqalarni sezilarli darajada mustahkamlaş, Germaniya va Kanada örtasida Germaniyaga energiya taşuvçilar va xomaşyo yetkazib beriş böyiça kelişuvga erişiş. Şu bilan birga, asosiy e’tibor yaşil vodorodni işlab çiqariş va taşiş sohasida yaqin hamkorlikka qaratilmoqda. Bundan taşqari, Kanadadan Germaniyaga suyultirilgan tabiiy gaz (STG), nikel, kobalt, litiy va grafit kabi minerallar hamda metallarni yetkazib beriş masalasi muhokama qilinmoqda.
Kanada boş vaziri Jastin Tryudo STGni Atlantika böylab YeIga eksport qiliş masalasi örganilişiga va’da berdi. Uning sözlariga köra, STG yetkazib beriş bilan boğliq muammolardan biri - infratuzilmaga investitsiyalarning yetarli darajada emasligi. «Biroq, biz nemislar va yevropaliklarga qisqa muddatda yordam berişning barça variantlarini körib çiqmoqdamiz, çunki ular kelayotgan qişda haqiqiy muammoga duç keladi», dedi Tryudo duşanba kuni Monrealda Şols bilan qöşma matbuot anjumanida. Rossiya energiya taşuvçilardan qurol sifatida foydalanmasligi kerak, deya qöşimça qildi u.
Monrealda bölib ötgan brifingda Ukrainaga yordam körsatiş böyiça sözga çiqqan Şols bu mamlakatni uruşdan keyingi qayta quriş «jahon hamjamiyati öz vaqtida töğri yölni belgilaşi kerak bölgan muhim vazifa» ekanini ta’kidladi. Uning qayd etişiça, mamlakatni tiklaş bilan hozir, uruş paytida şuğullaniş kerak. Bundan taşqari, uning sözlariga köra, Ukraina şarqiga qurol-yaroğ yetkazib berişni ta’minlaş muhim vazifa bölib qolmoqda.
Germaniya kansleri, şuningdek, Kanadaga sanksiyalardan istisno qiliş va «Şimoliy oqim» turbinasiga xizmat körsatgandan söng Yevropaga qaytariş qarori uçun minnatdorçilik bildirdi.
«Bu muhim qaror edi. Çunki u Putinning Ukrainaga yordam körsatişga ta’sir qiliş maqsadida ittifoqçilarni bölişga qaratilgan strategiyasini foş qildi». Rossiya işonçli biznes şerigi emas, deya davom etdi kansler. U Moskva texnik sabablarga köra Yevropa böylab gaz yetkazib berişni qisqartirganini eslatib ötdi. «Şuning uçun biz Putinning tuzoğiga tuşib qolmaslik, birlaşiş va birdam bölişimiz muhim», - deydi Şols.

















