Qaşqadaryo viloyatining Yakkaboğ tumani, Darxon mahallasida yaşovçi şaxs arxeologiya yodgorligini buzib taşlagani uçun qamoqqa olindi. Bu haqda Boş prokuratura xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, bu şaxs mas’ul idoralar bir neça bor ogohlantirganiga qaramasdan, hududda joylaşgan Kunjutlitepa arxeologiya yodgorligini töliq buzib, undan çiqqan tuproqni sotib yuborib, madaniy merosga 47,5 mlrd sömlik zarar yetkazgan. 

Holat yuzasidan Yakkaboğ tumani prokuraturasi tomonidan 2022 yil 15 avgust kuni Jinoyat kodeksi 132-moddasi 3-qismi (Moddiy madaniy meros obektlarini nobud qiliş, buziş yoki ularga şikast yetkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. 

Ma’lum qilinişiça, sud ajrimi bilan fuqaro R.O. qamoqqa olingan.

Bundan oldin Namangan viloyatida joylaşgan Ördatepa yodgorligi bir qismi buzib taşlanib, örniga uy qurib olingani aniqlangandi. 

Avvalroq esa, Namangandagi Gaistontepa arxeologiya yodgorligi joylaşgan joy noqonuniy ravişda fuqarolarga dalahovli quriş uçun ajratilgani, 80 mlrd söm zarar yetkazilgani xabar qilingandi.