Prezident Şavkat Mirziyoyev yaqin oylarda bir neçta xalqaro darajadagi tadbirlarga mezbonlik qiladigan Samarqand şahrida bölib, bu anjumanlarga tayyorgarlik jarayoni bilan tanişdi.

Rasmiy relizga aytilişiça, Samarqand şahrida XIX asr oxiri – XX asr boşlariga oid obidalar köp. Alişer Navoiy hamda Şohrux köçalaridagi şunday tarixiy binolarda millatlararo döstlik va xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikka bağişlangan muzeylar taşkil etiş rejalaştirilgan.

Prezident bu rejalarni ma’qullab, muzeylarni mazmunan boyitiş, hamkor mamlakatlar bilan yaqin munosabatlarni namoyon etiş böyiça körsatmalar bergan.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Şavkat Mirziyoyev, şuningdek, Samarqand tumanidagi “Buyuk ipak yöli” xalqaro turizm markazi hududida joylaşgan Kongress holl va mehmonxonalarda yaratilgan şaroitlar bilan tanişgan.

“Mehmonxonalarning ikkitasi 5 yulduzli va oltitasi 4 yulduzlidir. Kongress xollning umumiy maydoni qariyb 6 ming kvadrat metr. U 3 500 kişini qabul qiliş quvvatiga ega. Anjumanlar vaqtida işlarni samarali muvofiqlaştiriş uçun situatsion markaz ham taşkil etilgan.

Prezidentimiz bu yerda xorijiy delegatsiyalar, ikki tomonlama uçraşuvlar uçun qulayliklarni oşiriş böyiça tavsiyalar berdi”, – deyiladi xabarda.

Şu bilan davlat rahbarining Samarqand viloyatiga taşrifi yakunlandi, prezident Toşkentga qaytib keldi.