Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda avtobus va 2 ta yengil avtomobil to‘qnashdi
Yunusobod tumani THAY ko‘chasida sodir bo‘lgan YTH haqida ma’lumot berildi.
2022 yil 24 avgust kuni soat 17:00 larda Toshkent shahar Yunusobod tumani THAY ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, 1978 yilda tug‘ilgan T.Sh. boshqaruvidagi “SAZ LE60” rusumli yo‘lovchi tashuvchi avtobus, 1981 yilda tug‘ilgan U.R. boshqaruvidagi “Damas” rusumli va 1988 yilda tug‘ilgan M.R. boshqaruvidagi "Matiz" rusumli transport vositalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH natijasida "Matiz" haydovchisi, “Damas” yo‘lovchisi va avtobusning ikki nafar yo‘lovchilari tan jarohati olib, shifoxona olib borilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
15:21 / 03.06.2026
Guvohnomasi yo‘q ikki yigitchaning poygasi o‘limlar bilan tugadi
17:39 / 02.06.2026
Toshkentda BYD yo‘lovchi avtobus bilan to‘qnashdi
12:10 / 27.05.2026