2022 yil 1 sentabrdan yengil avtomototransportlarni texnik körikdan ötkaziş muddatlari özgaradi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.
Qonunçilikka köra, jismoniy şaxslarga tegişli işlab çiqarilganiga 10 yilgaça bölgan yengil avtomototransportlar texnik körikdan ixtiyoriy ravişda ötkaziladi.
Yengil avtomototransportlar quyidagi muddatlarda majburiy texnik körikdan ötkaziladi:
- işlab çiqarilganiga 11 yildan 14 yilgaça bölgan yengil avtomototransportlar – 2 yilda bir marta;
- işlab çiqarilganiga 15 yil va undan ortiq bölgan yengil avtomototransportlar – 1 yilda bir marta.
Bunda, mazkur muddatlar tijorat asosida yölovçilar taşiş faoliyatida foydalaniladigan yengil avtomototransportlar uçun tatbiq etilmaydi.

















