Ijtimoiy tarmoqlarda «Toşkent viloyati Qibray tumani Madaniyat yölida ayançli YTH sodir bölgani aytilmoqda» sarlavhasi ostida xabarlar tarqaldi. Viloyat yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Ma’lum bölişiça, 24 avgust kuni soat 03:30 da haydovçi — 1999 yilda tuğilgan, Toşkent şahrida yaşovçi S.D. boşqaruvidagi Nexia-3 avtomobilida Toşkent tumani «Ibrat« mahalla fuqorolar yiğini Madaniyat köçasi 46-uy qarşisida rul boşqaruvini yöqotib, yölning çetidagi daraxtga urilib, yöl-transport hodisasi sodir etgan.

Uşbu yöl transport hodisasi oqibatida haydovçi S.D. voqea joyida halok bölgan. Avtotransport vositasida yölovçi sifatida harakatlanib ketayotgan, 2001 yilda tuğilgan M.D. Toşkent tumani markaziy şifoxonasiga olib ketilgan.

Hozirda holat yuzasidan Toşkent tumani IIB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.