Aslida tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt summasining aniq miqdorini hujjat topşirilgan OTMdan biliş mumkin. Ammo kerakli ma’lumotlar yordamida bölajak talabaning özi ham buni mustaqil hisoblaş imkoniyatiga ega.
Super-kontrakt qanday hisoblanadi?
Super-kontrakt OTM bakalavriat ta’lim yönalişlarining kunduzgi, sirtqi va keçki şakllarida bor.
Abituriyentlar kunduzgi ta’lim şaklining stipendiyasiz tölov-kontrakt summasini (sirtqi va keçkida stipendiya yöq) super-kontrakt barobariga köpaytiriş orqali qança tölaşlarini hisoblaşi mumkin. Barobarlarni biliş uçun esa super-kontraktning toifasini aniqlab oliş kerak.
U 3 ta toifaga bölingan:
1-toifaga 4 ballgaça yetmay qolgan abituriyentlar kiradi.
Bunda quyidagiça şkala qilingan:
- 1 ballgaça yetmaganlar bazaviy tölov-kontraktining 1,5 barobarini;
- 1,1 balldan 2 ballgaça yetmaganlar 2,0 barobarini;
- 2,1 balldan 3 ballgaça yetmaganlar 2,5 barobarini;
- 3,1 balldan 4 ballgaça yetmaganlar esa 3,0 barobarini tölaydi.
Masalan, matematika yönalişida 1,5 ball yetmay qoldi deylik. Bunday vaziyatda öşa abituriyent 2 barobar tölaydi. Jadvalga qarasak, matematika yönalişida kontrakt narxi 6,412 610 söm. Demak, matematika yönalişiga 1,5 ball yetmay qolgan abituriyent 12 mln 825 ming söm super-kontrakt tölaydi (2 x 6.412.610).
2-toifadagilar kiriş çiziğiga 4 balldan ortiq yetmay qolgan va özi minimal ötiş balli (56,7 ball)dan köp ball töplaganlar hisoblanadi.
Bunday abituriyentlar super-kontrakt uçun yönalişiga qarab jadvalda körsatilgan oddiy kontraktning minimum 8, 10, 12, 15, 17 yoki 25 barobarini tölaydi.
Masalan, iqtisod yönalişiga kiriş balli 150 ball böldi deylik. Abituriyent 70 ball töpladi. Demak, unga 4 balldan ortiq yetmay qolgan, özi ham 56,7 balldan köproq töplagan. Iqtisod yönalişiga minimum super-kontrakt 10 barobar etib belgilangan. Stipendiyasiz oddiy kontrakt narxi esa 9,129 930 söm.


















