Ma’lum qilinişiça, 2022-2023 öquv yili uçun oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yönalişlariga kiriş test sinovlarida 1,1 mlndan ziyod abituriyentdan 1 074 181 nafari iştirok etdi, 72 563 nafari iştirok etmagan.
Abituriyentlar 187 nafari hududga kirişda, 249 nafari test sinovi jarayonida tartib-qoidani buzgani sababli test sinovlaridan çetlaştirildi.
Çetlaştiriş holatlari aksariyat qismi taqiqlangan vositalar, telefon va şpargalka olib kiriş yoki olib kirişga uriniş hamda abituriyent örniga boşqa şaxslar kirişga urinişi bilan boğliq.
Test sinovi jarayonida çetlaştiriş holatlarining 55 tasi — Qaşqadaryo viloyati, 35 tasi — Samarqand viloyati, 33 tasi — Farğona viloyati hissasiga töğri keladi.
Eng kam qoidabuzarlik holatlari Sirdaryo viloyati (2 ta) va Qoraqalpoğistonda (4 ta) kuzatildi.


















