
Özbekiston boş vaziri örinbosari – investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Jamşid Xöjayev video-konferens-aloqa vositasida Birlaşgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suhayl Muhammad al-Mazrui bilan muzokaralar ötkazdi.
Muzokaralarda ikki mamlakat örtasidagi investitsiyaviy munosabatlar, strategik şeriklik va qöşma loyihalarni amalga oşiriş yönalişlari böyiça hamkorlik jihatlari muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, bugungi kunda qöşma investitsiya portfeli umumiy qiymati 3 mlrd dollarga yaqin bölgan 17 ta loyihadan iborat. E’lon qilingan kapitali 1 mlrd dollarni taşkil etuvçi Özbekiston-BAA qöşma investitsiya kompaniyasi faoliyati yuqori baholandi. Kompaniya bugungi kunda 100 mln dollardan köproq mablağni özlaştirgan.
Birlaşgan Arab Amirliklari Mubadala va Taka kompaniyalari tomonidan Talimarjon IES mavjud bloklarini xususiylaştiriş va negizida yangi energiya bloklarini quriş loyihasini amalga oşiriş muhimligi ta’kidlandi.
Şu nuqtayi nazardan, Toşkentda huquqiy bitimlar imzolaşga tayyorgarlik köriş muddatlari muhokama qilindi.
















