Toşkent şahar sudining iqtisodiy işlar böyiça sudyasi H.I. (ayol kişi) hamda Toşkent tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi H.I. (erkak)ga nisbatan jinoiy iş oçilgan.
Kun.uz manbasining xabar berişiça, har ikkala sudya noqonuniy egallangan yer uçastkalariga egalik huquqini belgilaşga doir işlar böyiça manfaatdor şaxslar foydasiga hal qiluv qarorlarini çiqarib bergan.
Sudyalar oliy kengaşi matbuot kotibi Tursunali Akbarovning Kun.uz söroviga javoban ma’lum qilişiça, bu sudyalarning vakolatlari oliy sudlovni amalga oşirişda yöl qöygan xato va kamçiliklari uçun bundan 2 oy muqaddam kengaş qarori bilan muddatidan avval tugatilgan.
“Sudyalarga nisbatan jinoyat işi qözğatilganiga oid ma’lumot kengaşda mavjud emas. Bu masalada Boş prokuraturadan izoh olinsa maqsadga muvofiq böladi”, deydi Akbarov.
Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov holat yuzasidan aniqlaştirib, ma’lumot berişini ma’lum qildi.

















